“O‘zstandart” agentligi tomonidan har bir murojaat e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotadi. Shuning uchun Agentlik tomonidan murojaatlar chuqur tahlil etilib, unga o‘z vaqtida javob berilmoqda.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan har bir murojaat e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotadi. Shuning uchun Agentlik tomonidan murojaatlar chuqur tahlil etilib, unga o‘z vaqtida javob berilmoqda.
Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida bir qancha amaliy natijalarga erishildi.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan 2019 yilning 9 oy davomida sinov laboratoriyalarni rivojlantirish bo‘yicha 3,5 mlrd. so‘mlik 37 dona sinov uskunalari xarid qilindi.
O‘tib borayotgan vaqt qadri o‘lchov va natijalari bilan qiyoslanganda me’yorlar hamda xalqaro standartlarga nechog‘lik mos ekanligi ko‘zga tashlanadi. Qisqa vaqt oralig‘ida tadbir bilan qilingan ishlarning samaralari bir necha yillar o‘tsada o‘zining ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotmaydi.
Globallashuv va oziq-ovqat mahsulotlariga talabning oshishi sharoitida yangi va quritilgan meva va sabzavotlarni yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi, an’anaviy bozorlarni diversifikatsiya qilish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi bozorlarini egallash bilan bog‘liq murakkab muammolarni hal qilish yo‘lida turibdi.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida, oziq-ovqat sanoati sohasidagi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashqilotining – CODEX ALIMENTARIUS standartlari aslicha qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4419-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O’zstandart” agentligi Respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan 3 va 4-bosqich talabalarini tajriba orttirish va amaliyot o‘tash uchun xorijga yuborish uchun tanlov e’lon qiladi!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Respublikamizning barcha hududlarida ulkan hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Buning natijasida yurtimizda bir-biridan shinam turar joylari va osmono‘par binolar qad ko‘tarmoqda.
“O‘zstandart” agentligi tizimdagi Standartlar instituti hamda Tailandning Bangkok shahrida joylashgan Chulalongkorn milliy tadqiqotlar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
“O‘zstandart” agentligi yakunlanib borayotgan yilda standartlashtirish sohasida AQShning ASTM International tashkiloti, Germaniyaning ALPHA Consulting GmbH, Qozog‘istonning Standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti, Rossiya ilmiy-texnika axborot markazi Federal davlat unitar korxonasi, metrologiya sohasida esa Fransiya Milliy Metrologiya tashkiloti, Belorusiya davlat metrologiya instituti, Xitoyning Nanking bozorlarni tartibga solish Administratsiyaci, muvofiqlikni baholash sohasida Turkiyaning “TURKSERT” setrifikatlashtirish xizmatlari kompaniyasi, Koreya akkreditatsiya kengashi, Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy Akkreditatsiya Tizimi, Xitoy Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi, Turkiya akkreditatsiya agentliklari bilan kelishuv va memorandumlar imzolandi.
O’zstandart” agentligi huzuridagi Departament mutaxassislari tomonidan joriy yil davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir turdagi mahsulotlarga yagona talablarni belgilovchi 10 ta davlat standartlari ishlab chiqildi.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini eksport ko‘lamini kengaytirish va hajmini oshirish maqsadida joriy yilda 37 ta fermer xo‘jaliklari, “Eurocert” (Gretsiya) tomonidan Global G.A.P. standarti bo‘yicha xalqaro sertifikati rasmiylashtirib berildi. Buning natijasida Yevropa va boshqa davlatlariga eksport qilishga imkoniyat yaratildi.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari va yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi hamda boshqa mahsulotlarni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga eksport qilinishiga erishish maqsadida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va “O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi” bilan hamkorlik Kelishuvi imzolandi.
Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2019 yil 30 maydagi PQ-4348-sonli «Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarorlari ijrosini ta’minlash, Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlarini qabul qilish va joriy etishni yanada samarali tizimini shakllantirish maqsadida IEC talablariga muvofiq “Milliy Elektrotexnika Qo‘mitasi” (NEC) tashkil etildi.
Standartlar instituti tomonidan joriy yilning 16-19 dekabrь kunlari Turk standartlari instituti bilan hamkorlikda yana bir o‘quv kurslari tashkil etildi.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan korxonalarga amaliy yordam sifatida respublikamiz miqyosida joriy yilning o‘zida 1803 ta xalqaro standartlariga muvofiq boshqaruv tizimlari bo‘yicha sertifikatlar rasmiylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan tarozilarning hammasi ham standart talablariga to‘liq javob berayapti deya olmaymiz. Ammo, bunday tarozilarning muomaladan chiqarilishi va respublikamiz hududiga kiritilmasligi ustidan tegishli soha mutahassislari tomonidan zarur chora tadbirlar ko‘rilmoqda.
SMIIC tashkilotida “Halol Farmatsevtika masalalari” (Technical Committee TC 16 - Halal Pharmaceutical Issues) va “Qo‘l xunarmandchiligi” (Technical Committee TC 17 – Handicraft) bo‘yicha yangi texnik qo‘mitalar tashkil etildi.
Joriy yilning 11 dekabr kuni “O’zstandart” agentligida Rossiya Federatsiyasining “Tatneft” kompaniyasi, “O’zkimyosanoat” va “Birinchi rezinotexnika zavodi” vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.