Bugungi kunda xalqimiz salomatligini asrab-avaylash, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilangan.
Bugungi kunda xalqimiz salomatligini asrab-avaylash, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilangan.
“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikka intilmoqda. Hususan, ISO - Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot, OIML - Qonunchilik metrologiyasi, Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash kengashi, MAS - Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo uyushmasi, COOMET - Yevro-Osiyo milliy metrologiya institutlari hamkorligi, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan sinovlarning natijalari kuzatuvchanligini ta’minlash maqsadida, joriy yilda milliy etalonlar bazasini rivojlantirish uchun 463,5 ming dollarlik 3 dona (absolyut bosim, ortiqcha bosim, namunaviy kuch birligi) etalonlari xarid qilinib, ishga tushirildi.
Bugungi kunda barcha sohalarda kechayotgan qiyin vaziyatda Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari, tadbirkorlik sub’ektlari hamda aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir qator qarorlar qabul qilinmoqda.
“O‘zstandart” agentligi elektrotexnika va avtotransport vositalarining xavfsizlik parametrlari va elektromagnit moslashuvchanligini to‘la baholashni ta’minlaydigan sinov bazasini tashkil etish yuzasidan Chexiyaning “EXPORTA” kompaniyasi bilan hamkorlikda laboratoriya tashkil etish yuzasidan 3,8 mln.yevro qiymatdagi xalqaro bank kreditlarini o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, joriy yil 1 maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.
“O‘zstandart” agentligi tizimiga qarashli hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tgan yillar davomida sinov laboratoriyalarni rivojlantirish uchun jami 4,1 mlrd.so‘mlik 38 dona sinov uskunalari bilan birga 4,6 ming Yevroga standart namunlari xarid qilindi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlashga o‘rgatish iqtisodiy ma’noga ega. Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyot xodimlar salomatligini yaxshilash, gender tenglikni targ‘ib qilish, moliyaviy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu tizimda ish sifatini yaxshilashga erishiladi.
“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan eksportyor korxonalar faoliyati o‘rganilib, ularning muammolariga amaliy ko‘mak berilmoqda.
“O‘zstandart” agentligi hozirgi kunga qadar xalqaro «Global G.A.P.» standarti talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy 39 ta korxonalarga sertifikatlar rasmiylashtirdi.
Elektrotexnika sohalarini rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi ko‘magi bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Energetika vazirligi, Standartlar instituti, “UZKABEL” AJ QK, “TOPFIN result” MChJ, “O'zelektroapparat-Electroshield” AJ, “O‘zenergosozlash” MChJlar Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) texnik qo‘mitalari (quyida ilova qilinadi) a’zoligiga qabul qilindi.
Xalqaro tajriba Yevropa bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda GLOBALG.A.P sertifikati muhim ekanligini ko‘rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tayyorlangan maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda GLOBALG.A.P. tizimi tomonidan dunyoning 124 dan ziyod mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar sertifikatlangan, ushbu sertifikatga ega xo‘jaliklarning umumiy soni 170000dan oshadi.
Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi butun dunyoni og‘ir sinovdan o‘tkazmoqda. Koronavirus COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 7 aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining Standartlashtirish tashkilotidan tibbiy yuz niqoblari va himoya kiyimlari (qo‘lqop, xalat) uchun ishlab chiqilgan 23 ta standart olindi.
“O‘zstandart” agentligida “GLOBAL GAP” tashkilotining O‘rta Osiyo, Latviya va Evropa mintaqasi koordinatori E.Strazdina bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament xodimlari tomonidan yurtimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish, va karantin sharoitida tadbirkorlik sub’ektlariga onlayn telefon va internet vositalari orqali profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ular zarur bo‘lgan standartlar bilan bepul ta’minlanmoqda.
“O‘zstandart” agentligi amaliyotga kiritiladigan yangi standartlarni faqat xalqaro standart, me’yor va qoidalarga yoki xorijiy mamlakatlarning ilg‘or standartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda qabul qilishga e’tibor qaratmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish yuzasidan e’lon qilingan karantin munosabati bilan “O‘zstandart” agentligi tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qator qulayliklar yaratdi. Jumladan, Agentlik va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida qo‘shma qaror qabul qilindi.
Avval xabar berilganidek, «O‘zstandart» agentligi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining ASTM International tashkilot bilan Xamkorlik Bitimi imzolanib, Bitim doirasida o‘n uch (13000) mingdan ziyod AQSh standartlarini bepul olish va texnik qo‘mitalarda qatnashish imkoniyati yaratildi.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilda respublikamizda 2796 ta yangi standartlar qabul qilinib, ulardan 2744 tasi (98,1 %) xalqaro standart, me’yor va qoidalar bilan uyg‘unlashgan.
Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) va Yevropa Standartlashtrish tashkilotlari (CEN va CENELEC) COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy asboblar va shaxsiy himoya vositalariga oid bir qator xalqaro standartlarni bepul taqdim etishga qaror qildi.