Yangiliklar



“O‘zstandart” agentligi rahbariyati yurtimizdagi xususiy sertifikatlashtirish idorasi mas’ullari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
 

“O‘zstandart” agentligi barcha yurtdoshlarimizni Muborak Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklaydi. O‘zida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni mujassamlashtirgan aziz bayram bahona xalqimizga mustahkam salomatlik va yurtimiz osmoni doimo musaffoligini tilaydi.
 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 noyabrdagi “2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3388-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, zargarlik eksport salohiyati va hajmini oshirish hamda uning geografiyasini kengaytirish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqining talablari o‘rganildi.

Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish, Organik va Global GAP xalqaro talablariga asoslangan tartibga solish va muvofiqlik tizimlari, sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlarini yaxshilash, qishloq va o'rmon xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish, shuningdek, organik ishlab chiqarish potentsialidan to'liq foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida agentlik qaroriga binoan mamlakatda 2020 yil 24 iyulda qabul qilingan №-05-1187-sonli etkazib berish zanjiri xavfsizligini boshqarish tizimining ISO 28000 xalqaro standarti asl tilda joriy etilmoqda.

Joriy yilning 27 iyul kuni videokonferensiya shaklida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning navbatdagi 57 yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Har yili ISO halqaro tashkiloti Bosh Assambleya yig‘ilishini o‘tkazishdan avval, o‘tgan yildagi ishlari sarhisob qilinadi.

Xalqaro akkreditatsiya forumi Bosh asambleyasining 2016-15 IAF Rezolyutsiyasiga muvofiq, OHSAS 18001:2007 o‘rniga ISO 45001:2018 xalqaro standarti ishlab chiqarilganligini inobatga olib, Agentlikning tegishli qarori bilan amaldagi O’z DSt OHSAS 18001:2011 “Kasbiy xavsizlik va sog‘liqni saqlashni boshqarish tizimlari talablar” davlat standarti O‘zbekiston Respublikasida amal qilish muddati 2021 yil 31 yanvar etib belgilandi.
 

Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qatʼiy etibor qaratish belgilandi:

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF–6033-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

Hech kimga sir emas, elektr velosipedlar pandemiya davrida ideal transport vositasi va xavo ifloslanishni boshqarishning eng yaxshi samarali yechimlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat standartlarini xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish va ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlarning faoliyatlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, Standartlar institutining Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondidagi respublikamiz hududida amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlar tahlili o‘tkazilib, qator ma’nan eskirgan standartlar aniqlandi.
 

Jahon bozoriga qishloq xo‘jaligi, tekstil, qurilish va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni eksport qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda.
 

Videokonferensiya shaklida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS), Akkreditatsiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining navbatdagi
45-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zstandart” agentligi va tizim-tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga standartlarni bepul yetkazib berish va elektron xizmatlar sifatini oshirish vazifalariga e’tibor qaratilmoqda.
 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS), Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining navbatdagi 51-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda ishtirok etib mavzu yuzasidan ma’lumot berdi.
 

Bugun, yangi haftaning birinchi ish kunini erta tongdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahlilidan boshladi.

 

Pandemiya davrida COVID-19 infeksiyasini aniqlashda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot laboratoriyalaridagi test tahlilini o‘tkazishda foydalaniladigan o‘lchash vositalari, jumladan, pipetka dozatorlari (kichik sig‘imdagi suyuqlik o‘lchagichlari), quritish shkaflari va termostatlarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash aholi o‘rtasida Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishda hamda kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlashda muhim o‘rin tutadi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan mahalliy fermer xo‘jaliklari va eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Xitoy Xalq Respublikasining Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi (CCIC) ekspertlari ishtirokida onlayn o‘quv seminari tashkil etildi.