Yangiliklar



“O‘zstandart” agentligi va uning tizim-tashkilotlari faoliyatida birlamchi vazifa iste’molchilarnining manfaatlarini ta’minlash hamda ularni sifati kafolatlanmagan mahsulotlardan himoya qilishga qaratilgan.

Islom hamkorlik tashkiloti qoshida tashkil etilgan Islom Mamlakatlarining Standartlar, Metrologiya Instituti (SMIIC) a’zo davlatlar bilan hamkorlikda OIC/SMIIC standartlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Ushbu tashkilot 1999 yil 7 noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, a’zo davlatlar soni 42 tani tashkil etadi.
 

“O‘zstandart” agentligi tizimidagi Departament va uning hududiy bo‘linmalari hamda Akkreditatsiya markazi xodimlari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
 

Sarsabil bozori juda tez rivojlanib, dunyoda tobora ommalashib borayotgan ekinga aylanmoqda. Savdo o‘sib borishi bilan sanoatning o‘ziga xos va izchil xususiyatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) sarsabilning sog‘lom o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi xalqaro standart qabul qildi.

“O‘zstandart” agentligi Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Standartlar instituti, “UzTest” markazi hamda Ekologiya davlat qo‘mitasi mutaxassislari hamkorligida onlayn tarzda uchrashuv tashkil etildi.
 

Bemorlarning xavfsizligi ISO tashkilotining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Tibbiy jihozlarning klinik sinovlari ko‘plab mintaqaviy va milliy qoidalar va talablar bilan qa’tiy tartibga solinadi, ular ishlab chiqaruvchilar va tadqiqotchilar, shuningdek klinik sinovlarda qatnashadigan boshqa tomonlar tomonidan rioya qilinishi kerak.
 

“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat markazi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Davlat boshqaruvining siysiy asoslari kafedrasi mudiri, Siyosiy fanlar doktori Aktam Jalilov ishtirok etdi.
 

Biologik xilma-xillik hayotni ta’minlaydi. Bu biz nafas olayotgan havo, biz iste’mol qiladigan ovqat, xayotni saqlab qoladigan dori-darmonlar va biz ishonadigan suvni yaratadi. Ammo yer va turlarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi, intensiv dehqonchilik, ifloslanish va iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikni buzadi.

Pandemiya davrida hududlardagi eksportyor korxonalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat markazi tomonidan 2795 ta eksportyor korxonalarning faoliyati to‘liq o‘rganildi.
 

“O‘zstandart” agentligi, “UzTest” markazi mutaxassislari tomonidan onlayn tarzda 102 nafar tinglovchi ishtirokida ISO 28000 “Yetkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari” xalqaro standartining talablari bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.
 

Shaxsiy gigiyena va umumiy tozalikka dunyo miqyosida pandemiya davrichalik alohida e’tibor qaratilmagan edi. Albatta bugungi kunda, qo‘lni muntazam yuvish, ish va yashash joylarini toza saqlash yuqumli kasalliklar tarqalishini kamaytirish uchun muhim omillardan hisoblanadi.
 

“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya institutida ilmiy izlanishlarni olib borishga va uning natijadorligiga e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi pandemiya davrida “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 243 ta eksportyor korxonalarning standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolari o‘rganilib, ularga xalqaro standartlarni joriy etish va sertifikatlashtirish yuzasidan maʼlumot berildi.

2020-yil 9-avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30197 (+279) nafarni tashkil etmoqda.

 

Fargʻona viloyati Soʻx tumanining mavjud resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish, sanoat salohiyatini yana-da oshirish, qishloq xoʻjaligi, servis va xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish hisobiga tuman aholisining turmush darajasini yaxshilash maqsadida:

“O‘zstandart” agentligi va tizim-tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish va davlat tilida ish yuritish masalasiga e’tibor qaratilmoqda.
 

“O‘zstandart” agentligi tomonidan Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotiga a’zo davlatlarning tajribalarini o‘rganib chiqqan holda bir qator qo‘llanma loyihalari ishlab chiqildi.

“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya institutining maxsus laboratoriyalarida 25 mingga yaqin infraqizil tibbiy termometrlari to‘g‘ri va aniq ishlashi bepul davlat qiyoslovidan o‘tkazildi.
 

Iste’molchi uchun xarid qilayotgan mahsulotining sifati muhim. Ayniqsa bu jarayonda axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali mahsulotga muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini hamda ularning haqiqiyligini aniqlash dolzarb.
 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 57 yig‘ilishida “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” (Premii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv za dostijeniya v oblasti kachestva produksii i uslug) navbatdagi tanlovini o‘tkazish e’lon qilindi.