Yangiliklar



O’zbekiston Milliy matbuot markazida “O’zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutining “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasi: sarhisob va istiqbolli rejalar” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. 

 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda  mamlakatimizdagi mavjud  texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirishga oid qonunlarni xalqaro  meʼyoriy hujjatlar bilan takomillashtirish yuzasidan Xalqaro Savdo Markazi ekspertlari bilan vidoyekonferensiya shaklida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik tizimida mutlaqo yangicha gʻoya va tashabbuslar asosida ishlash tizimiga oʻtish natijasida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini eshitish hamda ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltirishga eʼtibor qaratilmoqda.

“Oʻzstandart” agentligida “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan yoshlar hamda masʼullar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Davlat idoralari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutida ham standartlashtirish sohasiga yangi atamalarni kiritish, ularni mukammallashtirish, bu borada soha rivojida dolzarb boʻlgan zaruriy ishlarni amalga oshirish borasida davra suhbati oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida yurtimizning barcha sohalaridagi maqsad va vazifalar belgilab berilgan.

Murojaatnoma: Aniq maqsadlar mujassam

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar oʻzining dolzarbligi bilan ahamiyatlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2020-yil 28-sentyabr kuni oʻtkazilgan “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya milliy tizimini rivojlantirish masalalari toʻgʻrisida”gi yigʻilishda xalqaro standartlar bilan uygʻunlanish darajasini 2021-yilda 21 mingtaga (75 foiz) yetkazish boʻyicha topshiriq berilgan edi.

“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida yosh mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, undan kelib chiqadigan vazifalari oʻrganildi.

“Oʻzstandart” agentligi va Yevropa Elektrotexnika Standartlashtirish Qoʻmitasi (CENELEC) oʻrtasida litsenziya kelishuvi imzolandi.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki, Yevropa Ittifoqi va Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi va olib kirilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot tizimini joriy etildi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi hamkorligida “Paxtachilik sanoatini barqaror rivojlantirish va qoʻshilgan qiymatni oshirish” loyihasi doirasida “Organik paxta yetishtirish standarti” boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazildi.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki, Yevropa Ittifoqi va Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi va olib kirilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot tizimini joriy etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 724-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.

Italiyada standartlashtirish tashkiloti (UNI) tashkil etilganiga 100-yil toʻldi. Asr davomida UNI tashkiloti milliy va xalqaro standartlarni ishlab chiqishda va rivojlantirishda faol ishtirok etdi. Ishlab chiqilgan standartlar insonlar hayotini yaxshilashga, mahsulot va xizmatlarning sifatli va xavfsiz boʻlishiga zamin yaratdi.

“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati hududiy filiallarida  davlat tilida ish yuritilishi, rasmiylashtirilayotgan sinov bayonnomalari hamda sertifikatlarni davlat tilida rasmiylashtirilishining holati oʻrganildi.

“Oʻzstandart” agentligi Qashqadaryo hududiy filiallari xodimlari hamda agentlik masʼullari ishtirokida Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy gʻoyalarning jahon tamaddunida tutgan oʻrnini hamda ulugʻ mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yana-da chuqur tadqiq qilish va keng targʻib etish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Idishda qadoqlangan ichimlik suvining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va yoʻq qilish, tamgʻalash va saqlashga majburiy talablarni belgilash maqsadida qabul qilingan.

 “Oʻzstandart” agentligi tomonidan sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki,  Yevropa Ittifoqi va Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida  xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi va olib kirilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot tizimini joriy etildi.