Yangiliklar



Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali masʼullari A.Daminov, Sh.Hayitmetov va A.Shadimatovlar «Mahallabay» ishlash tizimida mahalla oqsoqollari va faollari bilan uchrashuvlar tashkil etgan holda, hududda faoliyatda boʻlgan ishlab chiqarish korxonalari, eksportyor korxonalar, sanoat klasterlari hamda oilaviy va xususiy tadbirkorlarga sohaga oid masalalarda amaliy yordam koʻrsatish ishlarini olib bormoqdalar.

Joriy yilning 1-mart kuni “Oʻzstandart” agentligi «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda “Uz-Kor Textile Technopark” binosida “Xalqaro standartlarni joriy etish va mahsulot eksportini oshirish” mavzusida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazining “Sinov laboratoriyalarini xalqaro Oʼz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida akkreditatsiyadan oʻtkazishning ahamiyati” mavzusidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzstandart» agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, “UzTest” DUK Samarqand filiali va “UzMMI” Samarqand filiali masʼullari hududdagi korxonalarda “Korxonabay” ishlash tizimini yoʻlga qoʻygan holda, uchrashuvlar tashkil etmoqda.

Standartlar institutida tizimdagi rahbar va xodimlarni respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, 2021-yil davlat dasturida belgilangan vazifalar va sohani xalqaro talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan oʻquv dasturi asosida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Respublikamiz toʻqimachilik sanoatida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha barqaror oʻsish suratlarini taʼminlash maqsadida “Oʻzstandart” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda  xalqaro ekspert ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

STOL LAMPASI

 Respublikamizda texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshligʻi, “Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nargiza Zufarova masʼulligida va agentlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida  Butun jahon savdo tashkiloti  ekspertlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali  masʼullari hududdagi mahalla oqsoqollari va faollari bilan “Mahallabay” ishlash tizimini yoʻlga qoʻygan holda, uchrashuvlar tashkil etmoqda.

«Parrandasanoat» uyushmasi va eksportyor korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «SMIIC standartlari va xorijiy davlatlarda mahsulotlar importiga qoʻyilgan talablar» mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan Surxandaryo viloyatining Sherobod tumani dehqon bozorida aholiga sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati oʻrganildi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari navbatdagi media-tur davomida Termiz shahri va tumanida joylashgan “Gold Dried Fruits Export” hamda “Surxon ipagi” ishlab chiqarish korxonalarida boʻldilar.

“UzTest” Samarqand filiali hamda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi Samarqand viloyat hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan “Tekstil va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini shakllantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Standartlar instituti vakillari hamda Turkiya Respublikasining Turk standartlari instituti (TSE) ekspertlari oʻrtasida videokonferensiya shaklida onlayn tajriba almashish muloqoti boʻlib oʻtdi.

“Oʻzstandart” agentligi bugungi kunda soha yoʻnalishida Xalqaro Tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM), Standartlashtirish tashkiloti (ISO), Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashi (MGS), Qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC), Yevropa Elektrotexnika Standartlashtirish Qoʻmitasi (CENELEC), Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN), GLOBAL GAP tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda.

Oʻzbekiston milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamentining “Ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazilayotgan profilaktika tadbirlarining borishi” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

“Oʻzstandart” agentligi va Yevropa Elektrotexnika Standartlashtirish Qoʻmitasi (CENELEC) oʻrtasida litsenziya kelishuviga asosan, Yevropa Elektrotexnika Standartlashtirish Qoʻmitasi (CENELEC)dan 100ta Yevropa standartlari olindi.

QOʻLLARNI DEZINFEKSIYALASH VOSITASI

2021-yil – “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilinganligi  munosabati “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans sari” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti va Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti Samarqand filiali mutaxassislari hamda OAV ishtirokida Prezidentimizning Oliy Majlisga  va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.