Yangiliklar



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasi, Pokiston Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasi hamkorligida Pokiston Islom Respublikasi Standartlar va sifatni nazorat qilish idorasi (PSQCA) bilan standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlantirilib kelinmoqda.

“UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Samarqand tumanidagi «Sam Rafoat Tekstil» korxonasida xalqaro darajadagi sertifikatlashtirish auditi oʻtkazildi.

Hozirgi kunda maishiy texnika, kabel sim, elektr kuchlanishli qurilmalar ishlab chiqaruvchilar tomonidan SE markirovkasi talablari taʼminlamagan  boʻlsa ularning mahsulotlarini  Yevropa bozorlari  qabul qilmaydi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali tomonidan korxonabay ishlash tizimiga oʻtildi. Filial xodimlari viloyat hamda tumanlar kesimida har bir ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini oʻrganib, ularning faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqdalar.

Muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish, sinov va kalibrlash laboratoriyalarini rivojlantirish maqsadida Standartlar instituti qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tomonidan Sinov laboratoriyalarida xalqaro

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida  sotilayotgan “E-ON” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsulotining markirovkasi standart talabiga asosan oʻrganildi. “E-ON” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti markirovkasi standart talabiga javob bermadi.

Rossakkreditatsiya va Akkreditatsiya markazi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi doirasida oʻtgan davr mobaynida Roskreditatsiya tomonidan 4 ta axborot-maslahat treninglari oʻtkazildi. Ushbu treninglarda 70 dan ortiq Oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasi oshirildi.

“Oʻzstandart” agentligi Samarqand hududiy filiallari mutaxassislari viloyatdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularga muvofiqlikni baholash sohasida amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda.

“Oʻzstandart” agentligida Muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari xorijiy davlatlarda tan olinishiga zamin yaratish va ularning faoliyatini xalqaro darajaga olib chiqish masalalari muhokama etildi.

Bugungi kunda toʻqimachilik, sanoati, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan anʼanaviy chet el bozorlaridan tashqari Yevropa va Osiyo davlatlarida ham oʻz nufuzini mustahkamlashga intilayotgan yangi Oʻzbekistonda bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi va Toshkent viloyati hududiy filiallari masʼullari hamkorligida Olmaliq shahrida OAV xodimlari ishtiroklarida press-tur tashkil etildi.

Har bir murojaat eʼtiborda.

“Oʻzstandart” agentligi va tizim-tashkilotlarida har bir murojaatni chuqur tahlil qilishga va unga amaliy yechim topishga eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Agentlik tomonidan barcha murojaatlar tahlil qilinib, qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida sanoat korxonalariga standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida malakali kadrlarni tayyorlash hamda sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Angren shahridagi Birinchi rezinotexnika zavodi mahsulotlarini davlat standartlari, xalqaro ISO va ASTM (AQSH) standart talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish belgilangan.

DUSEL, VERA va VERAL brendi ostidagi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonada sinov laboratoriyasi mavjudligi “Oʻzstandart” agentligi xodimlari tomonidan borib koʻrildi.

Respublika hududida sifatsiz elektrotexnika mahsulotlari realizatsiya qilinishining oldini olish maqsadida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualaridan sotilayotgan elektr suv qaynatgich (kipyatilnik) mahsulotini tanlab olindi va akkreditlangan elektrotexnika mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga topshirildi.

Kichik gidroelektr stansiyalar (GESlar) toza, yangilanadigan va arzon energiya manbai boʻlib, deyarli yetarli suv boʻlgan joyda amalga oshirilishi mumkin. Chekka qishloq joylarini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun juda yaxshi yechim, uning foydasi aniq, ammo uning salohiyati deyarli amalga oshirilmagan boʻlib qolmoqda. Nashr etilgan yangi qoʻllanma hujjatlar toʻplami har qanday joyda, ayniqsa, eng zarur boʻlgan joylarda bozor rivojlanishini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻlchov vositalari oʻrnatilgan tartibda qiyoslovdan, sinov uskunalari esa attestatsiyadandan oʻtkazilishi lozim. Biroq maʼlum boʻlishicha, baʼzi qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlar hatto tibbiy muassasalardagi oʻlchov va sinov uskunalarini qiyoslov va shahodatlash oʻtkazgan holda qalbaki sertifikatlar bilan faoliyat yuritayotganligi maʼlum boʻlmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlar instituti va Belarus davlat standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti (BelGISS) ekspertlari oʻrtasida videokonferensiya shaklida jonli muloqot boʻlib oʻtdi.

“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasi oʻz faoliyatini Zarafshon shahrida boshlagan. Kompaniya umumiy brendi katta “Z” lotin harfi hamda uning atrofini oʻrab turgan oltin chambardan iboratdir.