Yangiliklar



“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament, “Uz Test” markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Andijon filiali masʼullari korxonalarda boʻlib, mahsulotlarning sifatini oshirish hamda ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga amaliy yordam bermoqdalar.

“Oʻzstandart” agentligi xalqaro hamkorlik boshqarmasi, “OʻzTest” va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Namangan filiali masʼullari korxonabay ishlash tizimida viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarida texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash,
SE markirovkasi, shuningdek mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish, eksportda koʻmaklashish maqsadida “Muhammadali hamkor biznes” MCHJ “SAIDBEK-MUHAYYO SAVDO” XK va “Kubro Tekstil Sanoat” MCHJ korxonalarida uchrashuvlar oʻtkazildi.

“Oʻzstandart” agentligi rahbariyati “Qoʻqon Erkin iqtisodiy hududi”da joylashgan tadbirkorlik subyektlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashdilar.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va UzTest markazi Navoiy filiallari masʼul xodimlari tomonidan korxonabay ishlash tizimi boʻyicha viloyatdagi ishlab

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida faoliyat yuritayotgan "AGRO PROCESSING GROUP” korxonasi oʻz faoliyatini 2017-yilda boshlagan. Korxona asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va konsentratlash bilan shugʻullanadi.

Bugungi kunda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgan korxonalar va fermer xoʻjaliklari tomonidan Global G.A.P, Organic xalqaro

Hozirgi kunda sanoat korxonalarida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni qondirish, sohaga oid ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish ustuvorlik kasb etadi.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Uz Test markazi Qashqadaryo filiallari masʼullari korxonalarda boʻlib, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga amaliy yordam berib kelmoqdalar.

Navoiy viloyati hududiy filial masʼullari tomonidan korxonalar bilan ishlash boʻyicha aniq reja belgilangan boʻlib, oʻtgan davrda 249 ta korxonalarga eksport boʻyicha, standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda xalqaro standartlarni joriy qilishda amaliy yordam koʻrsatish belgilangan edi.

Bugun Samarqand shahrida Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasidagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari barqarorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan AgroDev loyihasi asosida ilm-fan, ishlab chiqarish va davlat manfaatlarini birlashtiruvchi halqaro seminar tashkil etildi.

Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi davlatlariga qishloq xoʻjaligi, tekstil, qurilish va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni eksport qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda.

   Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi UzTest markazining “Mahsulot sinovlarini takomillashtirish va laboratoriyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

«Oʻzeltexsanoat» uyushmasiga aʼzo “VISTA ELECTRONICS GROUP” MCHJ bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, “Vista” brendi ostida televizor, xolodilnik, mikrotoʻlqinli pechlar ishlab chiqarmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan respublikamizda sifatsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish maqsadida  Agentlik huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida  sotilayotgan Turkiya davlati “OERO TRADING LTD” korxonasida ishlab chiqarilgan “RS NOGGER 44% - Pechenye boʻlgan oʻsimlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq (28%), oʻsimlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti “Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament talablariga javob bermaydi.

Namangan shahar, Davlatobod tumanida 260 nafar eksport qiluvchi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermer xoʻjaliklariga, eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab quvvatlashni yana-da kengaytirish chora-tadbirlari va eksport faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlari haqida maʼlumot berildi.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, “Uz Test” markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali masʼullari korxonalarda boʻlib,  mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga amaliy yordam bermoqdalar.

“Oʻzstandart” agentligi masʼullari Davlat bojxona qoʻmitasida tashkil etilgan

Sanoat korxonalarida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish hamda sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish maqsadida Toshkent kimyo texnologiyalari va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutlari bilan tizimli hamkorlik olib borilmoqda.

UzTest markazi Jizzax filiali mutaxassislari tomonidan viloyatdagi 20 ga yaqin eksportyor korxonalarida boʻlib, meva-sabzavotlar, toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.

UzTest markazi Surxondaryo filiali mutaxassislari termiz shahridagi  “ZIF TEXTILE” korxonasiga OYEKO-TEX xalqaro standarti talablari