Yangiliklar



Koreya Respublikasining Anyan shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreyaning "Korea Apparel Testing & Research Institute" (KATRI) vitse prezidenti Beom-cheon Lee bilan uchrashdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Polsha Standartlashtirish qo‘mitasi (PKN) prezidenti, Yevropaning CENELEC tashkiloti vitse prezidenti Yeva Zelinski bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) vitse prezidenti Jozef Tretler bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi bosh direktori Mixael Xarms bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2024-yil 17-maydagi PQ-200-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Savdo-sanoat palatasida Respublika shtabi tashkil etilgan.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik loyihasiga asosan nazorat xaridi tashkil etildi.

Moskva shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiya texnik tartibga solish agentligi va metrologiya federal agentligi rahbari A.Shalayev va uning tizim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi (Аnqara, 2024-yil 6-iyun) doirasida imzolangan Hamkorlik Bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yiling 24-26-iyul kunlari Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi va Turk standartlari instituti ekspertlari hamkorligida Аnqara shahrida Аgentlik mutaxassislari uchun "Risk-Based Trade Control System" (TAREKS) bo‘yicha trening va amaliyot tashkil etildi.

O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi doirasida imzolangan Hamkorlik Bitimi ijrosi yuzasidan Agentlik direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlari instituti (TSE) vakili, standartlashtirish sohasi eksperti Niyaziy Seg‘gin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Slovakiya standartlar, metrologiya va sinov tashkiloti (UNMS SR) prezidenti Pavol Pavlis bilan onlayn tarzda uchrashuv o‘tkazdi.

Moskva shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiyaning avtomobil va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti (НАМИ) sinov markazi rahbari Zagarin Denis Aleksandrovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Texnik reglamentlarning mazmuni

Texnik reglamentlarda mahsulotning zarar yetkazish xavfi va xatari darajasi hisobga olingan holda:
biologik xavfsizlikni;
mexanik xavfsizlikni;
kimyoviy xavfsizlikni;
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni;
yong‘in xavfsizligini;
elektr xavfsizligini;

Bugungi kunda energiya samaradorligi va tejamkorligi yoʻnalishida olib borilayotgan islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablagʻlarni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar roʻyobi uchun yoʻnaltirish imkonini bermoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Kolumbiya Standartlashtirish tashkiloti (L'Instituto Colombiano de Normas Técnicas y Certificación-ICONTEC) masʼullari oʻrtasida videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov "Oʻzsanoatqurilishbank ATB" boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxzod Yusupov bilan qurilish mahsulotlari, bino va inshootlar sifati va xafvsizlik ko‘rsatikchilarini to‘liq qamrab oladigan sinov laboratoriyasini tashkil qilish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining Birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiya Federatsiyasining Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) rahbari o‘rinbosari Kuzmin Aleksandr Mixaylovich bilan uchrashdi.

Maʼlumki, 2024-yil 5-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan birga mazkur Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-210-son Qarori ham imzolandi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya Respublikasining Korea Apparel Testing & Research Institute (KATRI) xalqaro loyihalar bo‘yicha rahbari David Mun bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlar instituti (TSE) vakili Metexan Chalishni bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Avstriya Standartlashtirish tashkiloti (Austrian Standards International) bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.