Agentlikning tizim-tashkilotlari va hududiy filiallarida Mustaqilligimizning oʻttiz bir yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzularidagi madaniy-maʼrifiy uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Agentlikning tizim-tashkilotlari va hududiy filiallarida Mustaqilligimizning oʻttiz bir yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzularidagi madaniy-maʼrifiy uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va «UzTest» markazi Chirchiq filiallarida “Ikki avlod uchrashuvi” ustoz-shogird anʼanalarini mujassam etgan uchrashuv tashkil etildi.
Agentlik va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filiallarida Mustaqilligimizning oʻttiz bir yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzularida madaniy-maʼrifiy uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Agentlikda Qozogʻiston standartlar va metrologiya instituti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
“Jizzax”maxsus industrial zonasida investitsiya va tashqi savdo vazirligi mutasaddilari hamda masʼul tashkilotlar hamkorligida viloyatidagi yangi avtomobil zavodini tashkil etish boʻyicha investorlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda «UzTest» markazi, Jizzax filiali mutasaddilari ishtirok etdilar.
OʻzTTSA masʼullari Samarqand viloyati hududiy filiallari rahbarlari bilan birgalikda Samarqand shahridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filialida tadbirkorlikni boshlayotgan xotin-qizlar uchun standartlashtirish, metrologiya, sifat tizimlarini joriy qilish va soha oʻynalishlari yuzasidan seminarda ishtirok etib, mavzu yuzasidan maʼlumot berildi.
Maʼlumki, joriy yilning 13-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan yigʻilishda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi 14 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, 13 ta hududiy agrokimyo laboratoriyasini zamonaviy jihozlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax hududiy boʻlinmasi masʼullari Paxtakor tumanida joylashgan “Paxtakor Teks” korxonasida boʻlib, “OEKO TEX” – 100 xalqaro standartining joriy etish va talablari boʻyicha maʼlumot berdilar. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, «Paxtakor Teks” korxonasi hozirda kalava ip mahsulotlarini Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Italiya davlatlariga eksport qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning oʻttiz bir yilligi munosabati bilan, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, va «OʻzTest» markazi Chirchiq filiallari hamkorligida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
OʻzTTSA masʼullari va Buxoro viloyati hududiy filiallari masʼullari Buxoro shahridagi “Buxoro ipak va gilam toʻqish markazi” yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish va mahsulotlarning sifati haqida markaz rahbari Sabina Burxanova maʼlumot berdi.
OʻzTTSA Bosh direktori maslahatchisi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkiloti raisi tizim tashkilotlari Buxoro viloyati filiallari xotin-qizlari ishtirokida “Oila - haqiqiy baxt va halovat qoʻrgʻonidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Buxoro Davlat universiteti professori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori DSc Guli Toirova ishtirok etdi.
Samarqand yer yuzining sayqali deya bejiz taʼriflanmagan. Bu yerning musaffo havosi, tozi suvi, hosildor bogʻlari va xushmanzara tabiati barchani birdek oʻziga maftun etadi.
“Sinov va kalibrlash laboratoriyalari imkoniyatiga qoʻyiladigan umumiy talablar” standarti boʻyicha Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Navoiy filialining akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. Endilikda filial tomonidan sogʻliqni saqlash, qurilish, kimyo-sanoati va boshqa koʻplab sohalarda foydalaniladigan Suyuqlikli termostatlar va Harorat kameralari sinov vositalarini kalibrlash imkoniyati yaratildi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Buxoro viloyatidagi hududiy boʻlinmalari hamkorligida inson qadrini ulugʻlash va eʼzozlashga qaratilgan maʼrifiy tadbir oʻz ishini boshladi. Mazkur uchrashuvda elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar, teatr aktyorlari, olimlar va sportchi yoshlar ishtirok etib, yurtimizda mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida istiqlol bergan imkoniyatlar, inson va uning qadrini eʼzozlash, uning huquq va manfaatlari taʼminlanayotganligi hamda farzandlar qalbida Ona vatan tuygʻusini shakllantirish kabi masalalar haqida soʻz yuritildi.
Oʻzbekiston milliy matbuot markazida texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari ishtirokida soha faoliyati tahlili va amalga oshirilayotgan yangi rejalari mavzusida joriy yilning oʻtgan davridagi hisobot matbuot anjumani tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻlib, zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.
Agentlik tashabbusi bilan Yevropa Komissiyasining Texnik yordam va axborot almashuvi vositasi koʻmagi (TAIEX) hamkorligida Davlat nazorati departamenti xodimlari uchun Courtyard by Marriott Tashkent mehmonxonasida “Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni erkin muomaladan chiqarish va yoʻq qilishda Yevropa tajribasi” mavzusida trening seminar oʻz ishini boshladi.
Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filialida 2-chorak yakunlari va jismoniy hamda yuridik murojaatlar bilan ishlashning holati tanqidiy tahliliy koʻrib chiqildi.
Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali hamda “UzTest” markazi hududiy filiali masʼullari Chirchiq shahrida oʻtkazilayotgan “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” da ishtirok etdilar.
Agentlikning Samarqand viloyat hududiy boʻlinmalari masʼullar yangidan tashkil etilayotgan korxonalarda boʻlib, ularga mahsulotlarni standart talablariga muvofiq ishlab chiqarish, qadoqlash, yorliqlash, oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash bilan bogʻliq boshqa masalalarda amaliy yordam berib kelmoqdalar.