Joriy yilning 12 sentyabr kuni “Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining standartlashtirish va metrologiya sohasini xalqaro amaliyotga muvofiq salohiyatini kuchaytirish” grant loyihasini amalga oshirish doirasida Latviya Standartlar instituti ekspertlari K.Milaseviks (K.Milasevics), I. Pilmanis (I.Pilmanis), S.Vitolina (S.Vitolina) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur grant loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi koʻmagida amalga oshirilmoqda.