Yangiliklar



O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash yuzasidan «O‘zstandart» agentligi Bosh direktorining buyrug‘i loyihasi tayyorlandi. 

«O’zstandart» agentligi chin dildan go’zal bahoriy bayram Navro’z bilan respublikamiz xalqini tabriklaydi. 

Sayyor qabul Asakada

2016 yil 16-mart kuni Andijon viloyati, Asaka tumani hokimligi binosida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori Abdusalom Qurbonovning sayyor qabuli o‘tkazildi. агентлиги Бош директори Абдусалом Қурбоновнинг сайёр қабули ўтказилди.

 

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan «Xalqaro sifat tizimi uchun talablar va tahliliy laboratoriya sinov usullarini tekshirish» mavzusida «O‘zstandart» agentligida joriy yilning 15-martidan 18-martigacha seminar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi normativ-xuquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida «O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari» loyihasi tayyorlandi.

2016 yilning 10-mart kuni "O'zstandart" agentligi bosh binosining kichik majlislar zalida "Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" davlat korxonasi qoshidagi Sinov laboratoriyalari kompleksiga Turk akkreditlash agentligi (TurkAK) idorasi tomonidan rasmiylashtirilgan Xalqaro akkreditatsiya sertifikati taqdimoti bo'lib o'tdi.
 

Hashar elga yarashar

Ma’lumki Respublikamizda 12-13 mart kunlari umumxalq hashari deb e’lon qilindi. Barcha joylarda bo‘lgani kabi “O‘zstandart” agentligi jamosining tashabbusi bilan 12 mart kuni xayriya hashari o‘tkazildi. 

Olam go‘zalligi sizda mujassam

2016 yilning 5-mart kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida, 8-mart halkaro-xotin qizlar bayrami munosabati bilan, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimida fidoiylik bilan mehnat qilayotgan barcha ayollar uchun bayram dasturi tashkil etildi. 

2016 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «O‘zstandart» agentligi tizimida «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunining ijrosi va Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. 

 

Joriy yilning 18 fevral kuni “O‘zstandart” agentligi bosh binosining katta majlislar zalida Respublika va Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazlarining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 

 

O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi standartlari loyihasi muhokama qilish uchun qo‘yilmoqda 

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan “Xalkaro talablar va eng yaxshi amaliyot, standartlar va texnik reglamentlar ishlab chiqishda davlat va xususiy sektorning dialogi mexanizmi” mavzusida “O‘zstandart” agentligida joriy yilning 16 fevralida seminar bo‘lib o‘tdi.

Ta’ziya

"O‘zstandart" agentligi jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i, Garribayev Kuanishbay Arzibekovichning bevaqt vafot etganligi munosabati bilan uning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

“STANDART” ilmiy-texnika jurnali

“O‘zstandart” agentligi tomonidan nashr etiladigan “STANDART” ilmiy-texnika jurnalining 2016 yildagi birinchi soni chiqarildi. 

Adliya vazirligida 2015 yil 30 dekabrda 2748-son bilan ro‘yxatga olingan «Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan "O‘zstandart" agentligi tomonidan «Muvofiqlikni baholash. Muvofiqlikni baholash organlarining xodimlari. Layoqatlilik mezonlari» me’yoriy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

2016 yil 26-27 yanvar kunlari “O‘zstandart” agentligida «Xalqaro elektrotexnika qo‘mitasi faoliyati va ISO/IEC 50001 standartini joriy etishni amalga oshirish tajribasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatimiz ta’lim tizimini zamonaviy, jahon talablariga mos ravishda isloh qilish muvaffaqiyatli amalga oshirilib, mamlakatimizda yetuk, har tomonlama malakali mutaxassislar tayyorlashga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 4 yanvardagi “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-sonli buyrug‘i ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 16 yanvardagi 2754-sonli).
 

2015 yilning 19 yanvarida “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida 2015 yil tashkilot faoliyatining natijalari bo‘yicha kengaytirilgan Xay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishida barcha tuzilma bo‘linmalar, hududiy boshqarmalar va “O‘zstandart” agentligiga qarashli tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar