Muhokamaga “O‘zstandart” agentligi va “O‘zbekturizm” MK ning “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi kiritilmoqda.
Muhokamaga “O‘zstandart” agentligi va “O‘zbekturizm” MK ning “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi kiritilmoqda.
Sifati, dizayni va xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi sport uskunalari va jixozlarini ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasining muhokamasi иги бўйича халқаро стандартлар талабларига жавоб берувчи спорт ускуналари ва жихозларини ишлаб чиқаришни таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги Вазирлар Маҳкамасининг қарори лойиҳаси қўйилмоқда.
Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi (“Samarqand SSM” DK ) qoshidagi mashinasozlik mahsulotlarini sinash laboratoriyasini xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari nihoyasiga yetmoqda.
“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tasdiqlangan rejasiga asosan 2016 yilning 21 aprel kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
“Yangi texnologiyalarni tatbiq etish asosida to‘qimachilik korxonalarini texnik va texnologik qayta qurollantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.02.2016 yil PQ-2485-sonli Qarorini ijrosi yuzasidan, “O‘zbekengilsanoat” AJ O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti (O‘zTIITI) tomonidan uchta davlat standartlari loyihalari ishlab chiqildi.
2016 yilning 12-13 aprel kunlari Ostona shahrida (Kozog‘iston Respublikasi) “O‘zstandart” agentligi, AK “Uzavtosanoat” va QK “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ vakillaridan iborat ishchi gurux Qozog‘iston Respublikasi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya Qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashkilotning 2016 yil 1-chorak faoliyati yakunlari bo‘yicha 2016 yil 19 aprel kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.
Joriy yilning 12-14 aprel kunlari Samarqand shaxrida Turkiya davlatining TURKAK akkreditatsiya idorasi eksperti tomonidan ISO/IEC 17021-1:2015 “Menejment tizimlarining auditi va sertifikatlashtirishni amalga oshiradigan idoralariga qo‘yiladigan talablar” halqaro standarti bo‘yicha ўқув семинари ўтказилмоқда.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli “2015-2019 yillarda energiya sig‘imini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha choralar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida Davlat standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining klinik muassasalarida ham, xususiy klinikalarda ham foydalanishda bo‘lgan tibbiy o‘lchash asbob-uskunalari va priborlari davriy davlat tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak.
“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra navbatdagi sayyor qabul Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tashkil etildi.
«Yangi davlat standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining, tolali-optik aloqa liniyalarida va axborot uzatishda foydalaniladigan optik diapazon o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqildi.
“Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasida o‘lchov vositalari va uskunalarini metrologik shaxodatlash (attestatlash), sertifikatlashtirish va sinash jarayonini tashkil etish maqsadida «O‘lchov vositalari va sinov uskunalarini sertifikatlashtirish idorasi» akkreditlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 4 aprelidagi PQ-2514-son bilan, 2015 yil 29 maydagi Burabay (Qozoqiston Respublikasi) shahrida MDH hukumat boshliqlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan «O‘lchov vositalarini tekshirish va kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish, turini tasdiqlash maqsadida sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv» tasdiqlandi. Mazkur Qaror 2016 yil 11 aprel kunidan boshlab kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturini amalga oshirish doirasida “O‘zdonmahsulotlari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Donni qayta ishlash mahsulotlari havfsizligi to‘g‘risida»gi maxsus texnik reglament loyihasining birinchi tahriri ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 22 fevraldagi 98-sonli “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2016 yil 18 martda 1465-2-son bilan ro‘yxatga olindi.
Joriy yilning 30 mart kuni “O’zstandart” agentligining katta majlislar zalida “Oziq-ovqat va yengil sanoatda sifatni nazorat qilish uchun zamonaviy laboratoriya uskunalari” mavzusidagi seminar bo’lib o’tdi.
2016 yil 26 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tuman xokimligining majlislar zalida “O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” davlat korxonasi direktorining tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan “Sayyor qabul qilish kuni” o‘tkazildi. Kun tartibida “Aholi va yuridik shaxslarga boshqarma va markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, yaratilayotgan qulayliklar va boshqa masalalar” ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi 80-sonli Qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “2016 yil 1-yarim yillikda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli rejasi”ga muvofiq joriy yilning 24 mart kuni Xorazm viloyatining Xiva tumanida faoliyat yurutuvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Sayyor qabul” uchrashuvi o‘tkazildi.