“O‘zstandart” agentligining tegishli qarori bilan 2016 yil noyabr oyida qator Davlatlararo standartlar tasdiqlandi va Davlat ro‘yxatiga kiritildi
“O‘zstandart” agentligining tegishli qarori bilan 2016 yil noyabr oyida qator Davlatlararo standartlar tasdiqlandi va Davlat ro‘yxatiga kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda agentlik tizimidagi sinov laboratoriyalarini rivojlantirish rejasi” ga muvofiq, Respublika va hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshidagi akkreditlangan sinov laboratoriyalari yangi va zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov uskunalari bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Respublikamizda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Haitovning navbatdagi Sayyor qabuli joriy yilning 24 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi.
Adliya vazirligida 1458-son bilan ro‘yxatga olingan mahsulotlarni sertifikatlash Qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida mahsulotlar uchun quyidagi muvofiqlik sertifikatlar amalda.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Haitovning Surxondaryo viloyati Denov tumanida joriy yilning 22 noyabrda “Sayyor qabul”i bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati 2016 yil 24 oktyabrdagi 93-sonli Bayonnomasining 4-ilovasiga muvofiq, joriy yilning 19 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligining majlislar zalida “Ish yuritish, ijro intizomi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlaridagi yutuq va muammoloarni bartaraf etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan korxonalarda standartlashtirish metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning dolzarb masalalariga oid o‘quv seminari tashkil etildi.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 18 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida tashkil etildi.
Joriy yilning 17 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida Agentlik Bosh direktori o‘rinbosari rahbarligida menejment tizimlariga xalqaro darajada tan olinadigan muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish vakolatiga ega sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli “2020 yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan, hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshida, mashinasozlik va elektrotexnika maxsulotlarining davriy sinov va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi zamonaviy sinov laboratoriyasini yaratish loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Muhokamaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning xayoti va sog‘ligiga potensial xavf tug‘diruvchi olib kiriladigan mahsulotlarning ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori muhokamaga kiritilmoqda. Qaror loyihasi texnik jihatdan tartibga solish soxasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarilishini nazorat qilish maqsadida tayyorlangan
«Meva va sabzavotlardan sharbat maxsulotlarining havfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament loyihasi muhokamaga qo‘yilmoqda.
Poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan korxonalarda «O‘zstandart» agentligining tashabbusi bilan standartlashtirish metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalarini rivojlantirishga oid o‘quv seminari tashkil etildi.
«O‘quv xonalari (auditoriyalar, laboratoriya xonalari, ustaxonalar) xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament loyihasi muhokamaga qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 sentyabrdagi “I - Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-4720-sonli farmoyishiga asosan, joriy yilning 8-10 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da o‘ttizdan ziyod mamlakat vakili tashrif buyurgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
“Oziq-ovqat mahsulotlari yorliqlanishiga bolgan talablar” va “Oziq-ovqat mahsulotlarining qadoqlanishi xavfsizligi” Umumiy texnik reglamentlar muhokamaga qoyilmoqda.
Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi mutaxassislarining bevosita ishtirokida, joriy yilning 9 noyabr kuni Andijon SMB va SSM DK hamda viloyat hokimligi, savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi viloyat boshqarmasi bilan birgalikda viloyatda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida “Andijon biznes markazi”da “Sifatni boshqarish tizimi – raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish garovidir” mavzusida seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar markazining massabirligi milliy boshlang‘ich etalonining texnik bazasini yangilash maqsadida Shvetsariya davlatining Mettler Toledo firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tarozi toshlarining zichligini aniqlovchi VMS2 qurilmasi harid qilindi.
E’tiborli tomoni shundaki, “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan yillar davomida Respublikamiz korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
2016 yil 1-3 noyabr kunlarida Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashining Standartlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyaning (NTKS) 52-chi hamda Axborot texnologiyalari bo‘yicha Ishchi guruhining 35-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.