Yangiliklar



Yaxshi xulq – saodat kaliti

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda poytaxtimizda o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ochilish marosimidagi nutqida tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etar ekan, yangi tahdidlar, jumladan, “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. 

Qulay investitsiyaviy muhit samarasi

Mashinasozlik mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim bo‘g‘inlaridan biridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston mashinasozlik sohasi rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egalladi. Mazkur tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mashinasozlikka xorijiy investitsiyalar jalb etilib, ko‘plab qo‘shma korxonalar tuzilmoqda. Bu esa mahsulot sifatini yaxshilash, uning turlarini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga xizmat qilayotir. 

Buxoro viloyatining Qorakul tumanida «Gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va Qandim konlari guruhini obodonlashtirish» loyihasini amalga oshirilishi buyicha keng ko‘lamdagi qurilish ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyat xokimligi majlislar zalida Xalqaro sifat tizimini joriy etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Fizik-kimyoviy kursatkichlar buyicha mahsulotlar me’yoriy hujjat talablariga mos kelgan bulsa-da...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov joriy yilning 20-21 yanvar kunilari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilg‘an safari chog‘ida Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq tumanlar axolisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash tarmog‘ining boshlangan qo‘rilish ishlari bilan tanishgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining yeng chekka tumanlaridan biri Mo‘ynoq tumani aholisining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida

So’ngi yillarda Nukus shahrining chekka hududlarida qurilish ishlari faol olib borilmoqda. Bugungi kunda Xo‘jayli tumanga kiravershda joylashgan "Jideli Baysun" qishlogi yangi zamonaviy uylar bilan o‘zgacha tus olganligini ko‘rish mumkin.

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida “Aholining shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaligiga asoslangan tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga ko‘maklashish” mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi. 
 

Mamlakatimizning turli hududlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ularda zamonaviy yuqori texnologiyalarni keng joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar xalqaro bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, mavjud xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulotlar turi va ulushini ko‘paytirish, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotir. 

Tabiat muhofazasida qonun ustuvorligi

Nukusda  tabiatni muhofaza qilish, kam uchraydigan noyob jonivorlar turini asrashda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyeyovning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni tantanali kuzatish marosimlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Farg‘ona shahridagi “Marg‘ilonsoy” majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘idagi Shoirlar xiyobonida bir guruh adiblar bilan uchrashdi. 

O‘zbekiston – Janubiy Koreya: 1:1

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Devis kubogi”ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruhi dastlabki bosqich bahslarini safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi boshladi. 

Yuridik xizmat sohasida yangi bosqich

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida davlat organlarida yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish vazifasi qo‘yildi.

"O‘zstandart” Agentligi vakillari tomonidan bunday texnologik jixatdan murakkab bo‘lgan qurilmalarning metrologik ta’minotini yanada rivojlantirish uchun kalibrlovchi radiaktiv manbalar yetarli darajada emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

“O‘zstandart” agentligining 2017 yil 30 yanvardagi DS-73-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida 20 ta yangi davlatlararo standartlar 2017 yil 1 avgustdan joriy etilmoqda va 6 ta davlatlararo standartlar amal qilishi to‘xtatilmoqda deya habar bermoqda agentlik Matbuot xizmati.

Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining metrologiya bo‘limida akkreditatsiya doirasini kengaytirish va yangi o‘lchov vositalarini qiyoslashni o‘zlashtirish maqsadida ko‘p funksiyali generator “DIATEST”- 4 harid qilindi.

Tadbirkorlarga madad

Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, dunyo andozalariga mos mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatilishi, hamda ularning eksport salohiyatini oshirishda “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish” idorasi mutaxassislari tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Akkreditatsiya doirasini kengaytirish va yangi sinov usullarini o‘zlashtirish maqsadida sinov laboratoriyalari majmuasiga raqamli vibrometr “UNI-T UT311”- harid qilindi.