Yangiliklar



Joriy yilning 18 aprel kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida “Toshkent viloyatidagi korxonalarda maxsulot ishlab chikarishda xalkaro standartlar talablarini joriy etish” mavzusida seminar uchrashuvi o‘tkazildi.

Ma’lumki Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya nomlanishi munosabati bilan, “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyati doirasida Respublikamiz Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda xalq bilan muloqotlar ko‘lamini yanada kengaytirishga intilmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyoti xo‘jalik yuritishning bozor usullariga o‘tishi elektr energiyasini hisobga olish ishonchliligi va operativligiga qattiq talablar qo‘yadi. Bu talablarga faqat zamonaviy hisoblash texnikasi bilan jihozlangan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimlarining (ASKUE) yaratilishi javob beradi.

Mamlakatimizda xalqimizning salomatligini asrash, tibbiyot sohasini rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor samarasida farmatsevtika sanoati ham jadal rivojlanib, ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalarining turi hamda sifati tobora ortib borayotir. 

Hay’at yig‘ilishida “O‘zstandart” agentligining barcha tizim tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Mahsulot eksportga chiqariladi

Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Ahmad-Isroil teks” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida 30 turdagi paypoq ishlab chiqarilmoqda. 

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi. 
 

Biznes uchun malakali kadrlar

Xodimlarni to‘g‘ri tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim kompaniya muvaffaqiyatini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida biznes uchun mutaxassislar tayyorlashga doir zamonaviy talablar va HR-menejmentni qo‘llash imkoniyatlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida shu haqida so‘z yuritildi. 

2017-yil 18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 14-yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2017-yilgi iqtisodiy dasturning ustuvor vazifalari bajarilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Parkentda Sayyor qabul

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati joriy yilda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlarini yanada ko‘paytirishga, ularni o‘ylantirayotgan muammo va masalalarga o‘z vaqtida javob berishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Avval xabar qilganimizdek “O‘zstandart” agentligining tashabbusi va sayi harakati bilan bozorlardagi sifatsiz mahsulotlarni fosh etish maqsadida tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda qo‘shma chora-tadbir ishlab chiqilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

“O‘zekspomarkaz”da “Dam olish dunyosi – 2017” V xalqaro O‘zbekiston sayyohlik ko‘rgazmasi boshlandi. 
 

Surxondaryo viloyati Angor tumani aholisining aksariyati dehqonchilik bilan shug‘ullanib, bu yerda karam, gulkaram, lavlagi, ko‘kat kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ichki bozor ehtiyojlaridan ortib qolgan mahsulotlar esa eksportga yo‘naltirilayapti. 

Aniq faktlar va raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, birgina Buxoro viloyati miqyosida o‘rganishlar natijasida, jami tanlab olingan 2177 ta mahsulotdan 584 tasi tegishli sertifikatiga ega emasligi hamda sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgani aniqlandi.

Tadbirkor yoshlar safi kengaymoqda

Ohangaron tumani markaziy istirohat bog‘ida “Vatanimiz kelajagi uchun mas’ulmiz!” shiori ostida uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Qashqadaryoda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida iqtidorli yoshlarning fan haftaligi boshlandi. Uning doirasida “Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rni” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 
 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qo‘shrabot tumanida ham bo‘ldi. Tumandagi “Oqtepa” qishloq fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tog‘oldi hududlarida 2017-2018-yillarda yong‘oqzor va uzumzorlar, 2017-2021-yillarda chorva boqishni tashkil qilish, tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga oid loyihalar bilan tanishdi.