Yangiliklar



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Oliy Majlis Senati a’zolarining bir guruhi Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida bo‘lib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazdi. O‘rganishlar natijasi xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida shu mavzuga bag‘ishlab tashkil etilgan seminarda jamiyatni komputerlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga hamda yangi mutaxassisliklar paydo bo‘lishiga ta’siri muhokama qilindi. 

Me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash va davlat fondini yuritish bo‘limi xodimlarining tashabbuslari bilan vazirliklar, tashkilotlar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buyurtmalariga asosan, me’yoriy hujjatlarning nusxalari, me’yoriy hujjatlarning yillik ko‘rsatkichlari (kataloglar) bilan ta’minlandi, hamda buyurtmachilarning murojaatlariga asosan ularning me’yoriy hujjatlarini aktuallashtirish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 1-choragida Axborot ma’lumot markazi tomonidan bir qator e’tiborga molik ishlar bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etmoqda. 
 

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy putur yetkazadi. Shu bilan birga, fuqarolarning ijtimoiy adolat, haqiqat va davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Shuning uchun bu illatga qarshi kurashish dolzarb ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi.  
 

 O'zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16-fevraldagi 25-sonli Respublikada eksport salohiyatini,

Prezident Shavkat Mirziyoevning 1 iyundagi qarori bilan O'zbekistonda yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi. Qaror lalmi erlardan foydalanishni rag'batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'lgan yong'oq ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong'oq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yong'oq etishtirish bo'yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etishga yo'naltirilgan. Sag agro va Sam antep gilam kompaniyalari, Yong'oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi, yong'oq logistika markazi, «Sag agro MTP», shuningdek, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi hududiy «Yong'oqagro» MChJlari uyushma muassislari hisoblanadi.

Surxondaryo viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini joriy yilda 38 mingdan ortiq o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga yo‘llanma oladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolaridan bir guruhi Namangan viloyati Pop tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda. 

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlab, aholiga sifatli, servitamin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga xizmat qilayotir. Xususan, asalarichilikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar bermoqda. 

E’tibor va e’tirof

Har bir sohaning rivojlanishi, ma’lum bir yutuqlarga erishishning bosh omili bu e’tibordir.

Turizm – iqtisodiy taraqqiyot omili

Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 8-9-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona shahrida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Kichik korxonaning katta maqsadlari

Mamlakatimizda yengil sanoat yo‘nalishidagi kichik biznes subyektlari soni oshib borayotgani aholining import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy dizayn va yuqori sifatga ega kiyim-kechak mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, Nukus shahridagi «Romal dizayn Nukus» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan 20 dan ortiq turdagi trikotaj buyumlari allaqachon bozorda o‘z xaridoriga ega. 
 

Mamlakatimizda boshqa ko‘plab sohalar qatori gaz ta’minoti sohasida tadbirkorlikka keng yo‘l ochilmoqda. Bunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi deligatsiyasi Bosh direktor – A. Xaitov boshchiligida Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida 30 may - 2 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan MGS tashkil topganining 20-yilligiga bag‘ishlangan, Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning 51-yilligi yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida 30 maydan 2 iyungacha davrda bo‘lib o‘tgan Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning 51-Yubiley Yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “Hududiy markazlarning sinov va o‘lchov laboratoriyalariga namunaviy o‘lchov vositalari xamda sinov uskunalarini xarid qilish” reja-dasturiga muvofiq,