Bugun “O‘zstandart” agentligi tomonidan Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlari xususida navbatdagi mutbuot najumani tashkil etildi.
Matbuot anjumani avvalida agentlikning Matbuot xizmati rahbari A. Rasulov, jurnalistlar uchun tashkil etilgan uchrashuvning mazmuni va belgilangan mavzuga oid o‘z mulohazalarini bildirdi.
Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J. Mirsaidov matbuot anjumanida hozir bo‘lgan jurnalistlar uchun tayyorlangan ko‘rgazmali ma’lumotlar orqali tahliliy ma’lumotlarni berdi.