Bugungi kunda Andijon viloyatida eksport faoliyati bilan shug`ullanayotgan 150 dan ortiq tadbirkorlik sub'еktlari mavjud bo`lib, otgan davr mobaynida ular tomonidan 20 million AQSh dollarilik mahsulotlar eksport qilindi.
Bugungi kunda Andijon viloyatida eksport faoliyati bilan shug`ullanayotgan 150 dan ortiq tadbirkorlik sub'еktlari mavjud bo`lib, otgan davr mobaynida ular tomonidan 20 million AQSh dollarilik mahsulotlar eksport qilindi.
«2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi» ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning tashabbusi bilan Xorazm Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Xorazm Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida seminar tashkil etildi.
Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan joylarda axoli bilan ochiq muloqatlar uyushtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Kuni kecha markazning ma’sul xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchik tumanida ochiq muloqat tarzidagi uchrashuv maxallasi raislari, maxalla faollari va axolisi uchun uyushtirildi.
Joriy yilning 7 iyul kuni Namangan viloyatida «O‘zstandart» agentligining Xalqaro munosabatlar boshqarmasi hamda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida Halol va GLOBAL G.A.P standartlarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy seminar tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda yurtimizda barcha oliy o‘quv yurtlarida diplom oldi himoya qilish yakuniy imtixonlari bo‘lib o‘tmoqda.
2018 yil 5 iyulda “O’zstandart” agentligida Hay’at yig‘ilishi audio selektor ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.
Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi ma’naviyat soatining asosiy mavzusi go‘zal axloq va odob masalasiga bag‘ishlandi.
Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi hamda Navoiy Sinov va sertifkatlashtirish markazi davlat korxonasi o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi. Natijada esa Do‘stlik g‘alaba qozondi.
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniksa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida joylarda sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
2018 yil 3 iyulda “O’zstandart” agentligida sertifikatlashtirish organlari ishtirokida texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohalaridagi dolzarb masalalar va mavjud muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
30 – iyun kuni Farg‘ona shaxrida Farg‘ona SSM DK, Qo‘qon SSM DK, Andijon SSM DK, Namangan SSM DK jamoalari ishtirokida Mini futbol, Stol tennisi, Shaxmat va Shashka, 3000 m ga yugurish, Arqon tortish sport turlari bo‘yicha musobaka o‘tkazildi.
Siz tomondan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilishga qulaylik yaratish maqsadida GLOBAL G.A.P. idorasi tomonidan tasdiqlangan va tan olingan dunyodagi mavjud sertifikatlashtirish va akkreditatsiya idoralarining to‘la ro‘yxati e’tiboringizga taqdim qilinadi.
“Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasida Korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.
“O’zstandart” agentligi “Axborot-ma’lumot markazi” DK va “Kozog‘iston standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti” Respublika davlat korxonasi o‘rtasida “Kataloglashtirish” MAT (Mintaqaviy axborot tizimi) ga qo‘shilish kelishuvi imzolandi.
Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan qo‘shma korxona tashkil etish va investitsiya jalb etish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahri “Nijniy Novgorod texnik tashxis, ekspertiza va sertifikatlashtirish markazi” ma’suliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha muzokoralarni boshlab yubordi.
“O’zstandart” agentligi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqaruvchilarni, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Samarqand viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan agentlikning Samarqand hududiy boshqarma va markazi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida tushuntirishlar o‘tkazish hamda seminar va davra suhbatlari tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
“O’zstandart” agentligining tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro anjuman mehmonlari belgilangan dasturga asosan qadimiy va navqiron Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar.
«Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida»gi Umumiy texnik reglamentiga o‘zgartirish kiritish loyihasi tayyorlandi.
Joriy yilning 25-27 iyun kunlari Shvetsariya davlatining Jeneva shaxrida Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi ixtisoslashtirilgan bo‘limining 65-sessiyasi va “Barqaror kelajak uchun quritilgan mevalar” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
2018 yil 26 iyun kuni Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi majlislar zalida viloyatdagi yirik eksportyor korxonalar o‘rtasida davra suhbatlari tashkil qilindi.