Yangiliklar



O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi hamda "Korzinka" savdo tarmog‘i o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi — tovarlar sifatini nazorat qilish va sertifikatlashda yanada yuqori darajaga erishishdir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi "KARAKALPAK BASALTWOOL" masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Xo‘jayli tumanida faoliyat yurituvchi "CAPITAL UNITED PARTNERS" masʼuliyati cheklangan jamiyatida oʻrganish olib borildi.

Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Misr standartlashtirish va sifat tashkiloti (EOS), Eron milliy standartlashtirish tashkiloti (INSO) vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Joriy yilning 13-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida SMIICning navbatdagi 19-Bosh Assambleya yigʻilishi o‘z ishini boshladi. 40 dan ortiq aʼzo davlatlar qatorida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya vakillari ham mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda.

Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov  Saudiya standartlar, metrologiya va sifat tashkiloti (SASO), Qatar standartlashtirish tashkiloti (QS) delagatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi "Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-124-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Energiyani tejash - davr talabi!

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil qilindi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) vitse prezident CHJOU Xua bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Janubiy Koreyaning Seul shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya muvofiqlikni baholash laboratoriyasi (KCL) prezidenti Sangkwon LEE bilan uchrashdi.

"Xitoy avtomobil standartlashtirish tadqiqot instituti" (CATARC) tomonidan Shenjen shahrida tashkillashtirilgan "2–Jahon avtomobil standartlari va innovatsion konferensiyasi"da (WASIC) O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxasislari ishtirok etdi.

Joriy yilning 23–25-oktabr kunlari Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtadigan IECning navbatdagi 88-Bosh Assambleya yigʻilishida 100 dan ortiq aʼzo davlatlar ishtirok etadi. Xalqaro tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi agentlik va Oʻzeltexsanoat uyushmasi vakillari qatnashmoqda.

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan IECning Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida xalqaro tadbirga mezbonlik qilayotgan Britaniya standartlar instituti (BSI) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Hindiston standartlar Byurosi (BIS) hamda Fransiya standartlashtirish idorasi (AFNOR) rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov raisligida agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan joriy yilning yanvar–sentyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov hamda Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo inspeksiyasi agentligi vakillari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va sifat infratuzilmasini rivojlantirishga asosiy urg‘u berildi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori oʻrinbosari Odiljon Tohirov hamda Ozarbayjon standartlar instituti (AZSTANDART) direktori Ilhom Bayramov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan respublikamizda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va mutaxassislarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, har yili barcha mamlakatlarda 14-oktyabr Butunjahon standartlar kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bu yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 9—11-oktyabr kunlari "Rossiya standartlashtirish haftaligi" doirasida Xalqaro texnologiyalar forumi boʻlib oʻtmoqda.