Xalqimizning boy ma’naviyatida o‘rganishga arziydigan urf-odatlar bor. Masalan, tozalik, ozodalik, ko‘cha-xiyobonlarga e’tiborli bo‘lish, daraxtlarga ishlov berish, anvoyi gul ko‘chatlarini ekish kabi ezgu fazilatlari avloddan-avlodga o‘tib kelayogan ezgu qadryatlar hisoblanadi.
“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tashabbusi bilan, hayit bayrami arafasida agentlik va uning tizimidagi tashkilotlari tomonidan hashar tashkil etildi.
Mazkur xayriya hashari bahonasida agentlikning hududlari chiqindilardan tozalanib, daraxtlarga ishlov berildi va oqlash ishlari bajarildi.
E’tiborli jihati shundaki, hashar tadbirida O‘zbekiston Milliy Metrologiya instituti, Axborot ma’lumot markazi xodimlari o‘zgacha kayfiyatda ishtirok etib, boshqalarga o‘rnak bo‘ldilar.
Albatta, muborak kunlarda tashkil etilayotgan bunday tadbirlar xodimlarni birdamlikka va ezguliklar atrofida birlashtirishga xizmat qishi bilan ahamiyatlidir.