Davlatimiz rahbari “Farg‘ona mexanika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida kichik sanoat zonasi tashkil etish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi.
Farg‘ona mexanika zavodining umumiy maydoni 36,1 gektar, shundan ishlab chiqarish maydoni 9,9 gektar. Hozirgi kunda korxonada 36 turdagi sanoat mahsuloti va 31 turdagi xalq iste’moli tovari ishlab chiqarilmoqda, 330 ishchi mehnat qilmoqda.
Korxonaning bo‘sh turgan bino va inshootlarini tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda berish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida bu yerda kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda.
Sanoat zonasida yiliga 300 tonna antifriz, 200 tonna oyna yuvish suyuqligi, 10 ming dona tormoz kolodkasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Qiymati 38,5 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyihani 2018-yilning uchinchi choragida to‘liq ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 45 foizi eksportga yo‘naltiriladi.
Loyihaning birinchi bosqichida 200 ish o‘rni yaratiladi. Bozor talablaridan kelib chiqib, kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Farg‘ona shahridagi “Madad” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan suyultirilgan gaz uchun sisternalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan tirkamalar ishlab chiqarish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Loyiha qiymati 40 milliard so‘m bo‘lib, 30 milliard so‘mi "Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki krediti, qolgani korxonaning o‘z mablag‘idir.
100 ish o‘rni tashkil etiladigan korxona 2018-yilda ishga tushiriladi. 2020-yilda bu yerda eksport hajmi bir yilda 1,5 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbari mazkur korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib beruvchi moslama va tirkamalarni ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulotlarni tashqi bozorga yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanishi natijasida energiyaga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Farg‘ona politexnika instituti viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Mikro-GES ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi loyihasini taklif etmoqda.
MikroGES xalqaro tasnifga asosan quvvati 0,1 kVtdan 100 kVtgacha bo‘lgan gidroenergetik qurilma bo‘lib, u asosan gidroturbina, tasmali va reduktorli uzatmalar hamda asinxron generatordan iborat. MikroGES GESlarga nisbatan ekologik tozaligi, oddiyligi, arzonligi, texnologik jihatdan tayyorlash va ekspluatatsiya qilish osonligi bilan ajralib turadi. Loyihada mikroGESlar ishlab chiqarishni tashkil qilish va hayotga tatbiq etish, Farg‘ona politexnika institutida gidroenergetika sohasi mutaxassislarini tayyorlash ko‘zda tutilgan.
MikroGESning quvvati 50 kVt bo‘lgan 2 tajriba nusxasi institut olimlari tomonidan “Farg‘onaazot” OAJ va Marg‘ilon traktor ta’mirlash korxonasi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridan o‘tuvchi Marg‘ilonsoyga qo‘yilib, tajriba-sinovdan o‘tmoqda. MikroGESlardan olinayotgan elektr energiya shaharning Kashtanzor ko‘chasi, "Marg‘ilonsoy" to‘yxonasi va “Hamkorbank” hududlarini yoritishda ishlatilmoqda.
Farg‘ona viloyati suv xo‘jaligi mutaxassislari bilan birgalikda viloyat hududidan o‘tuvchi soy va kanallarning gidrologik tasniflari o‘rganilib, dastlabki bosqichda 230 joyda quvvati 50 kVtlik mikroGESlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Reja amalga oshgach, bir yilda 230 mikroGESdan olingan quvvat 92 million kVtni yoki viloyatda bir yilda sarflanayotgan elektr energiyaning 2 foizini tashkil etadi. Bu yiliga 17 milliard so‘mlik elektr energiya tejaladi, deganidir.
Davlatimiz rahbari ushbu loyiha ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish borasida olib borilayotgan izlanishlarning yaqqol namunasi ekanini ta’kidlab, mikroGESlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish va boshqa hududlarga ham izchil joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shu yerda Farg‘ona shahridagi “Osiyo olmos fayz” korxonasining lok-bo‘yoq, temir va beton kesish moslamalarini tayyorlash, “Turon mega fayz” jamiyatining gipsokarton, PVX granulalar, PVX plyonka va plastmassa buyumlar, “Uzsalaman” qo‘shma korxonasining erkaklar, ayollar va bolalar poyabzallari, “Big Bilding Capital Group” korxonasining sanoat changini ushlab qoluvchi filtr materiallari, issiqxona karkas qismlari ishlab chiqarish loyihalari, "O‘zfarmsanoat" aksiyadorlik konserni tomonidan 2017-2018-yillarda viloyatda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish manzilli dasturi taqdimotlari o‘tkazildi.
Prezidentimiz barcha ------WebKitFormBoundaryXeQgv8OaPmUYhjVl
Content-Disposition: form-data; name="News[category_id]"
1