Mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida tiklanuvchi energiya resurslarining barcha turlarini ommalashtirishga, xususan, bioenergiya, gidroenergiya, quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni kengaytirish, energetik xavfsizlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 1-iyunda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha Xalqaro agentlik Ustavini (Bonn, 2009-yil 26-yanvar) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu boradagi ishlarning huquqiy asosini mustahkamladi.
Ushbu hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 25-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2017-yil 27-mayda ma’qullangan.
Qonun mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni yangi strategik bosqichga olib chiqishga, keng qamrovli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish, shuningdek, energiya tejovchi texnologiyalarni va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
axborot xizmati