Byuro o‘z vakolati doirasida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab quvvatlash Jamg‘armasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Davlat Statistika Qo‘mitasidan standartlashtirish, sertifikalashtirish va metrologiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan horijiy tashkilotlar bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlarida ma’lumot sifatida foydalanish (qo‘llash) uchun, respublikadagi mavjud barcha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning viloyatlar kesimida yagona elektron bazasi shakllantirilgan va doimiy yangilab borilmoqda.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi va BMT Taraqqiyot Dasturining Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida Byuro tomonidan “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” qo‘llanmasi tayyorlanib, davlat va rus tillarida 
3000 ga yaqin nashrdan chiqarildi va tegishli vazirlik va idoralarga foydalanish uchun taqdim qilindi.
«O‘zstandart» agentligining standartlashtirish, metrologiya, sertifiktalash va akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida 28 ta mamlakat bilan tuzilgan amaldagi xalqaro va davlatlararo Bitimlariga asoslangan holda mahsulotga qo‘yiladigan talablar yuzasidan ma’lumot huquqiy asosda ayirboshlanmoqda.
Respublikamizdagi eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga amaliy ko‘mak berish darajasini oshirish maqsadida, MDH (Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Ukraina) Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Ispaniya, Polsha, Slovakiya, Fransiya) Misr Arab Respublikasi, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSh, Yaponiya davlatlarida (jami 19 ta) mavjud bo‘lgan standartlashtirish, sertifikatlashtirish, mahsulotni yorliqlash va qadoqlashga bo‘lgan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tadbirkorlik sub’ektlari va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanishlari uchun agentlik veb – saytiga joylashtirildi.
Jahon savdo tashkilotining «Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi bitimiga» muvofiq har bir a’zo mamlakatda manfaatdor tomonlarning barcha so‘rovlariga javob beradigan va standartlar, texnik reglamentlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari bo‘yicha tegishli axborotni taqdim etadigan Axborot markazi yaratildi. Bugungi kunda Byuro tadbirkorlikning eksportga yo‘naltirilgan sub’ektlariga ma’lumot taqdim etish uchun Germaniyaning faqat ana shunday markazi bilan hamkorlik bo‘yicha ish olib bormoqda.
«Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka ko‘maklashish» GIZ loyihasini amalga oshirish doirasida o‘tgan davr mobaynida meva-sabzavot mahsulotlari uchun qariyb 50 ta ISO standartlari uyg‘unlashtirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti sifatida joriy etishga ko‘maklashildi.
Shuningdek, Byuro tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi standartlari talablari (101 ta YeEK OON standart) hamda Germaniya davlatida meva-sabzavot mahsulotlari uchun amalda bo‘lgan 
(10 dan ortiq) standart va Sodex-Alimentarius (10 ga yaqin) o‘rganildi va Byuroning ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi.
Byuro mutaxassislari tomonidan Jizzax viloyatida 5 ta meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida, 400 dan ortiq horijiy firmalarga takliflar yuborildi, hamda horijiy hamkorlarga qulaylik yaratish uchun, www.tovarexport.uz sayti ishga tushirildi va O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot ushbu saytga joylandi.
O‘tgan yillar davomida 560 ta seminar (shundan, 24 ta xalqaro) seminarda ishtirok etildi, 237 ta maqola chop etildi hamda 171 marotaba markaziy va mahalliy televideniye orqali chiqish qiindi hamda jami 7787 ta korxonaga konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi.

Manba: Matbuot xizmati