“O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar natijasida bozorlar va savdo shoxobchalaridagi sifati kafolatlanmagan va sertifikati bo‘lmagan mahsulotlarning sotilishini oldi olinmoqda
“O‘zstandart” agentligining bevosita tashabbusi bilan viloyat hokimliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining viloyatlardagi boshqarmalari bilan birgalikda joriy yilning o‘tgan davrida jami 367 ta bozor va savdo shaxobchalarida aholiga sotilayotgan 36 turdagi 7556 dona elektrotexnika mahsulotlari bo‘yicha o‘rganishlar tashkil etildi.
Buning natijasida 4 300 ta mahsulotning (56,9%) muvofiqlik sertifikatisiz iste’molchilarga sotilayotgani aniqlandi.
“O‘zstandart” agentligi faoliyatini yaxshilash maqsadida joriy yil 28 aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
“O‘zstandart” agentligi kelgusida mazkur qarorning ijrosi ta’minlanishi doirasida sohadagi barcha islohotlar yuqori bosqichga ko‘tariladi. Ammo hozir bor vaziyatni tahlil qilish ham ayni muddaodir. Xo‘sh, “O‘zstandart” agentligi tomonidan ma’lum qilingan ayni paytda bozor va savdo shaxobchalarida muvofiqlik sertifikatisiz realizatsiya qilinayotgan sifati kafolatlanmagan mahsulotlar sirasiga nimalar kiradi?
Yuqorida keltirilgan o‘rganish jarayoni bozorlar va savdo shahobchalarida sertifikatsiz hamda sifati kafolatlanmagan isitish tizimi jihozlarining (isitish qozonlari, elektr pechlar va sh.k) realizatsiya qilinishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 ta viloyat miqyosida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida savdoga qo‘yilgan isitish tizimi jihozlarining muvofiqlik sertifikati mavjudligi va sifatiga e’tibor qaratildi. Afsuski natijalar qoniqarsiz. Ya’ni o‘rganish o‘tkazilgan savdo shoxobchalaridagi bu turdagi mahsulotlarning aksariyati muvofiqlik sertifikatiga ega emas, ya’ni sifati kafolatlanmagan holda savdoga qo‘yilgan.
Hurmatli iste’molchilar.
“O‘zstandart” agentligi sizni sifati kafolatlanmagan mahsulotlardan ehtiyot bo‘lishingizni yana bir bor ogohlantiradi.