Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Xatirchi pilla xazinasi” xususiy korxonasi yiliga 570 tonna qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega. Korxona mahsulotlari ichki bozordan tashqari eksportga ham chiqarilmoqda.
– Zamonaviy texnologiyalar yordamida sanoatbop quruq pilladan sifatli ipak tolasi tayyorlanmoqda, - deydi korxona rahbari Uchqun Mamanov. – Ish ikki smenada tashkil qilingan. Ishchilarning 80 foizi kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir.
Manba: O'zA