Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida 30 maydan 2 iyungacha davrda bo‘lib o‘tgan Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning 51-Yubiley Yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
30 may sh.y. muhokamasi natijalari bo‘yicha O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (O‘zbekiston Respublikasi) va Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Memorandumda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan:
Standartlashtirish sohasida hujjatlar va axborot almashish;
qonunlashtiruvchi metrologiya sohasida normativ hujjatlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
milliy etalonlarni ikki tomonlama solishtirish va kalibrlashni amalga oshirish;
yangi o‘lchash, qiyoslash va kalibrlash usullarini tadqiq qilish va ishlab chiqish;
o‘zaro manfaatli o‘lchash sohalarini rivojlantirish va takomillashtirish;
laboratoriya sinovlari amaliyoti doirasida axborot almashish;
muvofiqlikni baholash sohasida axborot almashish;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida o‘quv materiallarini almashish;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida hamda o‘zaro manfaatli shartlarda o‘zaro ahamiyatli bo‘lgan boshqa sohalarda xodimlarni tayyorlash imkoniyatini berish.
Muzokaralar davomida tomonlar Memorandumda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ishonch bildirdilar.