“O‘zstandart” agentligida Turkiya Respublikasi Bosh vazirining devoni huzuridagi hamkorlik va taraqqiyot boshqarmasi (TIKA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 24 may kuni “O‘zstandart” agentligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori Xaitov Aktam Axmadovich va TIKA vitse-prezidenti o‘rinbosari Mexmet Sureyya Er bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mobaynida, tashkilotlarning faoliyati va ahamiyatga molik qo‘shma loyixani amalga oshirish bo‘yicha fikr almashinildi. Ta’kidlab o‘tilganidek, 2003 yil tashkil etilgan "O'zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasi salohiyatini yanada rivojlantirish, “O‘zstandart” agentligi va Turk standartlari instituti (TSE) energiya samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha akkreditatsiya doirasini kengaytirish, sinov jihozlar xaridi bo‘yicha o‘zaro ishlarni tashkillantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, joriy yilning 26-28 aprel kunlari agentlik Bosh direktorining Turkiya safari chog‘ida Turk standartlari instituti (TSE) va Turkiya akkreditatsiya tashkiloti (TURKAK) rahbarlari o‘rtasida chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan edi.
“O‘zstandart” agentligi va TIKA xamkorlik uchrashuvi mobaynida qo‘yida keltirilgan loyixalarga asosiy urg‘u berildi:
"O'zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasining maishiy elektr jihozlarining energiya samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha akkreditatsiya doirasini kengaytirish;
Shuningdek, “O‘zstandart” agentligi tizimidagi mutaxassislarni malakasini oshirish, milliy akkreditatsiya markazini akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ILAC, IAF va PAC a’zo bo‘lishida metodik qo‘llanmani ishlab chiqish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.
Uchrashuv yakunida tomonlar tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirildi.