Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Neft va gaz” fakultetida “20 may – Butun jahon metrologiya kuni”ga bag‘ishlangan “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohalaridagi dolzarb masalalar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
“O‘zstandart” agentligi, Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi hamda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti hamkorlikda 2017 yilning 24 may kuni soat 10-00 da Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Neft va gaz” fakultetida “20 may – Butun jahon metrologiya kuni”ga bag‘ishlangan “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohalaridagi dolzarb masalalar” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda “O‘zstandart” agentligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xodimlari, Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi mutaxassislari, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti rahbarlari va talabalari, sohaga tegishli bo‘lgan tashkilotlar va tadbirkorlar hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbar xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda “Respublikamizda metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohasida olib borilayotgan ishlar holati va ustuvor vazifalari” va boshqa sohaga oid mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Tashkil etilayotgan seminarni keng ommaga targ‘ib etish maqsadida Ommaviy axborot vositalari muxbirlari qatnashdi. Seminar juda qizg‘in savol javoblar tariqasida o‘tkazildi, seminar qatnashchilari o‘zlari qiziqqan savollariga javob topishdi.