2017 yil 19-may kuni Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi majlislar zalida “OChIQ EShIKLAR” kuni tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda boshqarma va marzaz rahbarlari, tadbirkorlar va soha mutaxxassislari ishtirok etishdi. Tadbirda boshqarma va markaz rahbarlari so‘zga chiqishib bugungi kunda metrologiyaning mamlakatimizda tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishdi, shundan so‘ng uzoq yillar davomida metrologiya sohasida xizmat ko‘rsatib kelayotgan muttaxassislarga faxriy yorliqlar topshirildi. Mutaxassislar yig‘ilgan ishtirokchilarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob qaytarishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga 2 turdagi 50 ga yaqin tarqatma materiallar tarqatildi.