2016 yil 26 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tuman xokimligining majlislar zalida “O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” davlat korxonasi direktorining tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan “Sayyor qabul qilish kuni” o‘tkazildi. Kun tartibida “Aholi va yuridik shaxslarga boshqarma va markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, yaratilayotgan qulayliklar va boshqa masalalar” ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishni Kattaqurg‘on tuman xokimi S.K.Azimov ochib berib, tumanda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, bu soxada “O‘zstandart” agentligining xududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar va uslubiy yordamlar haqida gapirib, tadbirkorlarga qulay sharoit yaratish, yaqindan yordam ko‘rsatish va og‘irini yingil qilishda bir qator ishlar amalga oshirilayotgan ishlar va bu soha bo‘yicha sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib kelinayotganligi xaqida gapirib so‘zni “O‘zstandart” agentligi matbuot, axborot taxlil va ijro nazoratchisi A.G.Rasulov o‘z ma’ruzasida kun tartibidagi masala bo‘yicha yig‘ilishda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari yoki yechilmagan muammolari bilan murojaat etishlari mumkinligi xaqida yig‘ilish qatnashchilariga ma’lum qildi.
Shuningdek suzga chiqgan “O‘zstandart” agentligi, “Metrologik xizmatlar ko‘rsatish markazi” direktor o‘rinbosari G‘.O.Gaziyev o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilayotganligi vazirlik va idoralar raxbarlari tuman shaxarlarda bo‘lib jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazishlari, kichik biznesni qo‘llab quvatlash, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlarga shart-sharoitlar yaratib berishga qaratilganligi to‘g‘risida ba’tafsil to‘xtalib utdi.
Yig‘ilishda ushbu masalalar yuzasidan ishtiriok etayotgan mutaxassislar va yig‘ilish qatnashchilar o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.