“O‘zstandart” agentligi tomonidan joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, ularning faoliyatlarida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga oid savol yoki muammolariga yechim topish maqsadida xalq bilan muloqotlar tizimli tashkil etilmoqda.
Navbatdagi Sayyor qabul Qoraqolpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tashkil etilib, unda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitov ishtirok etdi.
Uchrashuvni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari S.Nagmetov ochib , tadbir ishtirokchilariga sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarga yaqindan yordam berish hamda ularni o‘ylantirayotgan savollar va murojaatlari har tomonlama o‘rganib shu yerning o‘zida ijobiy javob berish qaytarish kun tartibidagi muhim masala ekanligiga e’tibor qaratdi.
Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitov so‘zga chiqib, ishtirokchilarini respublikamizda vazirlik va idoralar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari tuman va shaharlarda bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazishlari, ular uchun maxsus qabullar uyushtirishlari, mavjud muammolarning yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatishlari, zarurat tug‘ilgan taqdirda Hukumat darajasiga ko‘tarish lozimligini qayd etdi.
Shu bilan birga sayyor uchrashuvlar Respublikaning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilib kelinayotganligini ta’kidlab, uchrashuv qatnashchilarini faoliroq bo‘lishga, o‘zlaridagi mavjud muammolarni ochiq-oydin aytishlariga chaqirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar hisobidan tizimda yaratilayotgan imkoniyatlar, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha agentlikning besh yillik ish rejasi ishlab chiqilib, ish olib borilayotganligini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘tkazilayotgan ushbu uchrashuvda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga tegishli savollarga javoblar olishi, mavjud muammolarning yechimini topishda agentlikning hududdagi bo‘linmalari Qoraqalpog‘iston standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining mutaxassislari bilan birgalikda yordamlashishini bildirdi.
Shundan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi:
Savol: - Qo‘ng‘irot tumani “Asemova Guljamal” oilaviy korxonasi rahbari Asemova Guljamal konditer mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatini qancha vaqtda olinadi?
Javob: - Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qaroriga
1-ILOVA siga muvofiq: Birinchi bosqich bir vaqtning o‘zida, zaruriyatga ko‘ra, veterinariya va fitosanitariya xulosalari tegishli ravishda davlat veterinariya nazorati va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarida rasmiylashtirilgan holda «O‘zstandart» agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazorati organlarida gigiyenik sertifikat rasmiylashtirilishini o‘z ichiga oladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’ekti:
gigiyenik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlariga (keyingi o‘rinlarda sertifikatlashtirish organlari deb ataladi) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishga;
zarurat bo‘lganda tegishli xulosalar olish uchun veterinariya va fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir.
Ikkinchi bosqich — sertifikatlashtirish organlari tomonidan muvofiqlik sertifikati berishdir.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati ishlarning murakkabligi darajasiga, ko‘p mehnat talab qilishi va o‘ziga xosligiga qarab, barcha zarur hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab:
olib kelinadigan mahsulotlarga 10 ish kundan ortiq bo‘lmagan;
ishlab chiqariladigan mahsulotlarga 10 ish kunidan 1 oygacha doirada belgilanadi.
Savol: - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i, elektr-energiya, suv hisoblagichlarini va bozorlardagi tarozilarni qanday davriyligi bilan qiyoslash ko‘rigidan o‘tkaziladi?
Javob: - Elektr-energiya hisoblagichi 4 yilda 1 marotaba, suv hisoblagichlari xujaliklarda 4 yilda 1 marotaba yuridik shaxslarda 2 yilda 1 marotaba va bozorlardagi tarozilar 1 yilda 1 marotaba.
Savol: Qonliko‘l tumani “Nukus licorice” MChJ QK Umumiy masalalar bo‘yicha direktori Ibragimov Tolыbay. Korxonamizda ISO 9001 xalqaro standarti talablarini joriy etmoqdamiz, sifat tizimiga sertifikat olgandan so‘ng mahsulotimizni eksportida qanday imkoniyatlarga ega bo‘lamiz?
Javob: Korxonada sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatlangan sertifikatlashtirish idorasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Mahsulotlariningiz eksport qilinadigan davlatlarda tan olinishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Savol: – Qo‘ng‘irot tumani “Ulken tulpar” fermer xo‘jaligi raisi Oteshova Ayimgul Go‘sht, sut mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatini olish uchun qancha mablag‘ kerak.
Javob: - Go‘sht, sut mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatini olish uchun mahsulot turiga qarab 550 ming so‘mdan boshlanadi.
Savol: - MChJ “Islambek grand trade” direktori Kurbanbayev Rashid, Men mebel maxsulotlarini ishlab chiqarmoqchiman bunga muvofiqlik sertifikat olishim shartmi?
Javob: - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 aprel kungi №122 sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menedjment tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 1 ilovasiga muvofiq mebel mahsulotlariga muvofiqlik sertifikat olishi shart.
Savol: - “Kungrad Metan” MChJ direktori Matchanov Qozibay Avtotransportlarga o‘rnatilgan gaz balonlarni tekshiradigan shaxobchalar kupayib bormokda birok balonlar sinovi kisman va xattoki umuman utkazilmasdan guvoxnoma berilayotganligiga guvox bulmokdamiz. Ularning uskunalari tugri tekshirayotganligi xakida ma’lumot yuk. Shuni Hukumatimiz tomonidan gaz balonlarning xavsizlik talablariga tula javob berishi qaysi xujjatda belgilangan va ushbu xujjat bo‘ycha nazoratga olinganmi?
Javob: - Xakikatdan keyingi paytlari Avtotransport vositalariga urnatilgan gaz balonlarni sinovdan utkazish juda katta etiborga loyik masaladir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabr kungi №326-sonli qarori bilan ushbu avtomobillarga o‘rnatiladigan gaz ballonlarning sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi va shunda sinov o‘tkazish tartibi xamda sharoiti belgilab qo‘yilgan.
Savol: - “Taxiatosh neftebaza” UK Kung‘irot filiali mexanigi Zinatdinov Ulug‘bek Xozirgi kunda xamma joylarda benzin, gaz kuyuvchi shoxabchalar kupayib ketmokda ammo ularning kuygan benzin yeki gaz mikdori xakikatga to‘g‘ri kelishi kelmasligini kim tomondan davriy tekshirilib turiladi?
Javob: - Gaz va benzin kuyuvchi shoxabchalar metrologik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tomonidan o‘lchov vositalari bir yilda bir marotaba davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi. Ammo ularning suyultirilgan gaz va benzin tarkatish kolonkalari 6 oyda bir marotaba. Ularning sifati buyicha esa ariza va shikoyatlar tushgan taqdirda belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkaziladi.
Savol: - Xozirgi kunda bozorda sotilayotgan har xil kurilish mollari kupayib ketgan shularning orasida sifati juda paslari kup uchrab turibdi. Aytingchi bozorda sotilayotgnan kurilish mollarining sifatini tekshirib turish imkoni bormi?
Javob: - Juda tugri savol bunday sifatsiz maxsulotlar uchrab turadi albatta. Sotib olishdan oldin uning yorligiga muvofiklik sertifikatlardan nusxalari mavjudliga etibor berish kerak agar ular bulmasa, Istemolchilar xukukini ximoya kilish bulimlariga yoki Uzstandart Agentligi boshkarmalariga ariza bilan murojat kiish kerak. Ariza va shikoyatlar tushgan taqdirda belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkaziladi.
Savol: - Tadbirkor Jumabayev Baxtiyor Men gaz hisoblagichlarni ta’mirlash laboratoriyasini ochishim uchun nima qilishim kerak?
Javob: - Tamirlash ldaboratoriyasini ochish istagida bo‘lgan tadbirkorlar o‘zlari yashab turgan Xokimlikdan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, tegishli bino sinov uskunalari va ta’mirlash dastgohlariga ega bo‘lib hamda tegishli me’yoriy hujjatlar (standartlar) bilan ta’minlansa, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zRN 51-038 raxbariy xujjatidan olishingiz mumkin
Savol: - Kung‘irot UMGEtakchi muxandis KIPiA Kalabayev Quandik Xo‘jaligimizdagi gaz hisoblagichni (G-4) ikki yil avval davlat tekshiruvidan o‘tkazdim. Hozirda gaz korxonasi xodimi zamonaviy gaz hisoblagichga (G-6 Ukraina) almashtirishim lozimligini aytmoqda.
Javob: - Amaldagi qonunchilikka asosan, ya’ni “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ishlab chiqarilgan va import bo‘yicha chetdan olib kelingan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan bo‘lishi lozim.
Davlat reyestriga kiritilgan va foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari o‘z vaqtida davriy qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilib turulishi kerak.
Agar, Sizning gaz hisoblagichingiz yuqorida ta’kidlangan o‘lchash vositalari davlat reyestridan ro‘yxatga olingan bo‘lib, o‘z vaqtida davriy qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilgan bo‘lib, hisoblagichga berilgan sertifikatning amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, hisoblagichni almashtirish shart emas.
Lekin xo‘jaligingizda iste’mol etilayotgan gaz miqdoriga qarab o‘lchov vositasining rusumi belgilanadi. Bunda tuman gaz korxonasi injener mutaxassislari istemol etilayotgan gaz miqdoriga qarab xisoblagich rusumini belgilaydilar
Savol: - Yakka tadbirkor Tileuov Baxtiyar, Agarda ishlab chiqarilayetgan maxsulotga muvofiqlik sertifikati olingan bo‘lsa va maxsulotning xech qanaqa ko‘rsatkichlari o‘zgarmasdan faqat yorlig‘i (etiketka) o‘zgarsa, unga yangidan muvofiqlik sertifikati olish shartmi?
Javob: - Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 1-bandiga asosan sertifikatlashtirish davomida ilgari tekshirilgan xavfsizlik bo‘yicha tavsifga ta’sir etmaydigan mahsulotning dizayni yoki tashqi tavsiflari o‘zgarishi qo‘shimcha sertifikatlashtirish o‘tkazilishiga olib kelmaydi.
Shu bilan birga, yorliqga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirgan sertifikatlashtirish idorasiga ma’lum qilishingiz maqsadga muvofiq.
Savol: - fuqaro Tursinboyev baxadir Ichki ishlar Vazirligi DAN xodimlari tomonidan avtomobil tezligini aniqlovchi radarlari qiyeslash ko‘rigidan o‘tkaziladimi?
Javob: - Ichki ishlar Vazirligi DAN xodimlari tomonidan avtomobil tezligini aniqlovchi radarlari 1 yilda 1 marotaba qiyeslash ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Savol: - “Shimolgazta’minot” UK Kung‘irot tumani filiali muxandisi Yerimbetov Aziz, Xo‘jaliklarga urnatilgan gaz hisoblagichlar G4, G6 mexanik gaz hisoblagichlar bilan elektron gaz hisoblagichlar ko‘rsatgichlari orasidagi farqi nimada?
Javob: - Xo‘jaliklardagi gaz hisoblagichlar aniqlik darajasi 1,5%, elektron gaz hisoblagichlar aniqlik darajasi 0,5% bo‘lganligi sababli ko‘rsatkichlar orasida farq bo‘ladi.
Savol: - "GRAND KUNGRAD" MChJ direktori Abdrasulov Maksad O‘zbekiston Respublikasida kanday xolatda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishi mumkin emas?
Javob: - O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasiga asosan majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar quyidagi holatlarda realizatsiya qilinishi mumkin emas:
- sertifikatlashtirishga taqdim qilinmagan bo‘lsa;
- sertifikatlashtirish talablariga muvofiq bo‘lmaganligi sababli sertifikatlashtirishdan o‘tmagan bo‘lsa;
- muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki uning harakati to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa.
Shuningdek, Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish man etiladi.
Savol: - Qo‘ng‘irot tumani "MUNISA BIZNES SERVIS" Xususiy korxonasi direktori Abdireymova Kalbike men xodimlarning konditer mahsulotlari pishirish bo‘yicha malakasini oshirmoqchiman, Nukus shaxrida bir oylik malaka oshirish kurslari bormi?
Javob: - Xa bor Nukus shaxrida konditer mahsulotlari pishirish bo‘yicha “Ifatli kelin” o‘quv markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Savol: - "QO'NG'IROT PLANT STONE" MChJ direktori Saparbayev Muzaffar Qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish uchun tumandan filial ochish imkoniyati bormi?
Javob: - Hozirgi kunda Kung‘irot tumanidan gaz hisoblagichlarni qiyeslashdan o‘tkazish filiali bor yaqin kunda o‘lchov vositalarini qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish uchun o‘lchov vositalarini qabul qilish byurosi ochilishi rejalashtirmoqdamiz.
Savol: - “Shimolgazta’minot” UK Kung‘irot tumani filiali Metrolog Timur Jaliyev, Gaz xisoblach uskunasi metrologiya xizmati organi tomonidan kancha vaktda tekshiruvdan utkazilishi kerak?
Javob: - Gaz xisoblach uskunasi metrologiya xizmati organi tomonidan 3 ish kuni davomida o‘tkazilishi kerak.
Savol: - Qo‘ng‘irot tumani Yakka tadbirkor Tileuov Baxtiyar, Gaz xisoblash uskunasini davlat metrologiya xizmati organi tomonidan tekshiruvdan utkazilgandan 1 yildan keyin xududiy gaz korxonasi xodimlari tomonidan gaz xisoblash uskunasi talabga javob bermasligini aytishdi nima kilish kerak?
Javob: - Bunday xolatlarda gaz xisoblash uskunasi xududiy gaz ta’minoti korxonasi mutaxassisi tomonidan yechib olinadi va ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchiga beriladi. Ushbu dalolatnoma bilan iste’molchi gaz xisoblash uskunasini tekshiruvdan utkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshiradi. Tekshiruv natijasiga kura gaz xisoblash uskunasi yaroksiz deb topilsa shu kunning uzida bu xakida iste’molchiga xabar beriladi. Shundan keyin iste’molchi gaz xisoblash uskunasini ta’mirlash korxonasiga topshirishi mumkin. Davlat metrologiya xizmati organining ma’sul xodimi ta’mirlangan gaz xisoblash uskunasini ta’mirlash korxonasining uzida tekshiruvdan utkazish uskunasidan foydalangan xolda tekshiruvdan utkazish mumkin. Tekshiruv natijasiga kura gaz xisoblagish uskunasi yarokli deb topilsa sertifikat rasmiylashtirilib gaz xisoblagich uskunasiga davlat tamgasi bosiladi.
Savol: - Fukaro Yeshimbetov Madiyar, Yangi solingan uyga elektr xisoblagich urnatmokchi edim, buning uchun kaysi markadagi xisoblagichdan foydalansam buladi?
Javob: - Buning uchun siz ulchash vositalari davlat reyestrida ruyxatdan utgan xisoblagichlardan foydalansangiz buladi. Davlat reyestri tugrisidagi tulik ma’lumotlarni «Uzstandart» agentligining veb saytidan(www.standart.uz) yoki 222-86-86 telefonidan olishingiz mumkin.
Savol: - Fukaro Azimov Timur, Axoli xonadonlaridagi urnatilgan elektr xisoblagichlarning kiyoslash muddati uchun kim javobgar xisoblanadi?
Javob: - Elektr ta’minot korxonasi uzining ma’lumotlar bazasi orkali xar bir xisobga olish priborlarining kiyoslashlararo interval muddati utishini kuzatib boradi va davriy kiyoslashdan utkazishning uz vaktida amalga oshirish uchun javobgar xisoblanadi.
Savol: - Fuqaro Izzetov Nurg‘ali Foydalanayotgan elektr o‘lchash uskunasini davlat qiyoslashidan o‘tkazish uchun fuqoralar o‘zlari olib borib utkazishi kerakmi yoki elektr ta’minoti korxonalari vakili tomonidan yechib olinib o‘tkazilishi kerakmi?
Javob: - Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va “O‘zstandart” agentligining “Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” 2015 yil 1 dekabrda №2736-son bilan davlat ruyxatidan o‘tkazildi. Ushbu nizomga muvofiq elektr hisoblash priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish ishlari elektr ta’minoti korxonasi tomonidan har yil yakunida kelgusi yil uchun tasdiqlangan reja-jadvali asosida tashkil etilib, hisoblash priborining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan kamida bir oy oldin iste’molchilarga taqdim qilingan xabarnoma asosida elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yechib olinib, qiyoslashdan o‘tkazilishi belgilangan.
Savol: - Kung‘irot UMG Muxandis-metrolog Palimbetov Dauran, Korxonamizga yangi elektr hisoblagichini qurmoqchi edim. Buning uchun kaysi markadagi hisoblagichdan foydalansam bo‘ladi?
Javob: - Buning uchun siz ulchash vositalari davlat reyestrida ruyxatdan utgan xisoblagichlardan foydalansangiz buladi. Davlat reyestri tugrisidagi tulik ma’lumotlarni «Uzstandart» agentligining veb saytidan(www.standart.uz) yoki 222-86-86 telefonidan olishingiz mumkin.
Savol: - “Taxiatosh neftebaza” UK Kung‘irot filiali Laboratoriya boshlig‘i Yembergenov Timur, Korxonalarning suv va gaz hisoblagichlari qancha vaqtdan davlat ko‘rigidan o‘tib turishi kerak?
Javob: - Korxonalarning suv va gaz hisoblagichlari 2 yildan davlat sinovidan o‘tkaziladi.
Savol: - MChDJ KK “LTD DUZ” texnologi Kudaynazarov Rasul, Oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikati hamda gigiyenik xulosa olinishi kerak ekan. Ularni bir-biridan farqi nimada?
Javob: - Oziq-ovqat mahsulotiga berilgan muvofiqlik sertifikati sertifikatlangan mahsulotning belgilangan me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Gigiyenik xulosa esa mahsulotning amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalariga mos ekanligini tasdiqlaydigan hujjatdir.
Savol: - MChJ “Kungrad nan” Seydullayeva Gulchira, ISO 9001 bo‘yicha Sifat tizimi sertifikati qancha muddatga beriladi?
Javob: - ISO 9001 bo‘yicha Sifat tizimi sertifikati 5 yil muddatiga beriladi.
Savol: - "Ibragimov Dauilbay" fermer xujaligi raxbari Ibragimov Dauilbay, Men poliz ekinlarini yetishtiraman. Mahsulotlarimni chet davlatlarga eksport qilishim uchun muvofiqliklik sertifikatini olishim shartmi?
Javob: - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2011 y. sanasidagi 122-sonli qaroriga muvofiq eksportga chiqariladigan mahsulotlar ixtiyoriy ravishda sertifikatlashtiriladi.
Savol: - “Kungradskiy sodovыy zavod” UK Texnik nazorat bulimi boshligi Ospanova Sveta, ISO 9001 bo‘yicha korxona sertifikat olsa muvofiqlik sertifikat olishdan ozod etiladimi korxona
Javob: - Yo‘q, muvofiqlik sertifikati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga beriladi, ISO 9001 sertifikati boshqarish tizimiga beriladi shuning uchun muvofiqlik sertifikatida ozod etilmaydi.
Savol: - MChJ “Bereke” non sexi boshlig‘i Satullayev Najim Men non maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikatini olmoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar takdim qilishim kerak?
Javob: - Muvofiklik sertifikatini olish uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun ariza; me’yoriy hujjatlarning nusxalari; sanitariya-epidemiologiya nazorati tashkilotining gigenik xulosasi; ishlab chiqarishda foydalanadigan barcha o‘lchash vositalarining davlat qiyoslashidan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikatlar nusqalarini taqdim qilishingiz kerak.
Savol: - Shumanay tumani MChJ “invest servis shomanay» direktori Ruslan Yeshmuratov, Maxsulotlarni eksportga chiqarganda kanday standartlar asosida ishlab chiqaramiz?
Javob: - Mahsulotlarni eksport qilganda O‘zbekistonda amal qiluvchi standartlar bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 5-bandiga muvofiq Xalqaro shartnoma yoki kelishuvlarda ko‘rsatilgan standartlar bilan ishlab chiqarsa bo‘ladi.
Savol: - Qo‘ng‘irot tumani “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarosi xususiy tadbirkor Alliyarov Orinbasar men shakarni qayta ishlab chiqaraman shunga imorat qurish uchun yer ajratib berish imkoniyati bormi?
Javob: - Bor uning uchun Kung‘irot tumani xokimiyatining tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yillik Dasturiga Sizning korxonani kiritishi lozim.
Savol: - tuman kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Abatova Lola tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tijorat bankidan 46 mln. so‘m mug‘dorida imtiyozli kredit oldim, imtiyoz bo‘yicha 6 oy soliqlardan ozod etilganman, lekin soliq inspeksiyasi tomonidan birinchi oyi soliq hisoblandi shuni qaytarish imkoniyati bormi? 46 mln. sum imtiyozli kreditni to‘liq qaytarmasdan oldin tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun yana kredit olish imkoniyati bormi?
Javob: - Bor, 6 oy soliqlardan ozod etilganligi va 1 oyga soliq tulanganligi to‘g‘risida tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilishingiz lozim va oldin olingan kreditlaringizni o‘z vaqtida to‘lab kelgan bo‘lsangiz keyngi olinadigan kreditga kafolat bo‘lsa albatta beriladi.
Savol: - xususiy tadbirkor Komekbayev Iskender tijorat banklardan oladigan kreditlarni plastik kartochkalarga o‘tkazib berish imkoniyati bormi?
Javob: - Xozirgi kunda yo‘q, lekin bo‘ masalani o‘rganib chiqib Markaziy bankga taklif kiritamiz va natijalari haqida tuman xokimi birinchi o‘rinbosaridan ma’lumotlar olishingiz mumkin.
Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.A.Xaitov, “O‘zstandart” agentligi “Axborot-ma’lumot markazi” Davlat korxonasi direktori, A.A. Daminov, Qoraqalpog‘iston Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i U.Ismailov, Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori Ch.Xudaybergenov va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ye.Yedenbayevlar ishtirokchilarning so‘rovlariga to‘liq javoblar berdi.