Joriy yilning 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorining e’lon qilingani respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Eng muhimi, xalqaro va milliy standartlani uyg‘unlashtirish orqali ularni korxonalarga joriy etish sohasidagi tajriba yanada takomillashtiriladi.
“O‘zstandart” agentligi Axborot ma’lumot markazi Respublikamida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga yanada qulayliklarni yaratish va mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida davlat fondida mavjud bo‘lgan amaldagi 20 mingdan ortiq standartlarni agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirib bormoqda.
Bulardan tashqari, fondda mavjud standartlar tahlil qilinib, unga ko‘ra davlat standartlari mavjud bo‘lsada, haligacha (kolbasa, chakka, pivo mahsulotlari bo‘yicha) bir nechta tashkilot standartlari amalda ekanligi aniqlandi.
Hozirgi kunda Axborot ma’lumot markazi tomonidan tashkilot standartlarini bekor qilish bo‘yicha tegishli tartibda tashkilotlarga xat yuborildi.