Tashqi savdo aloqalari mustahkamlanmoqda
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-apreldagi “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni tashqi savdo aloqalarining samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, xorijiy sheriklar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan.
Ushbu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi savdo vazirligi etib qayta tashkil etildi.
Endilikda jahon bozorlarining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqib, ishlab chikarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchaytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifatini yanada yaxshilash, mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Shuningdek, tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va O‘zbekiston Respublikasining bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda ishtiroki ta’minlanmoqda.