O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2935-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan matbuot anjumani tashkil etildi.
“O‘zstandart” agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-2935-sonli qarorining maqsadi va mazmun mohiyati, hamda korxonalarda xalqaro menejment tizimlarini joriy etish sohasida Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda qarorda belgilab berilgan vazifalarning ijrosi va asosiy maqsadi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish, xalqaro standart va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish, hamda Respublika milliy etalonlar bazasini rivojlantirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish vazifalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusida Agentlik tizimini xalqaro talablarga muvofiq shakllantirish davr talabiga aylangani alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilish so‘ngida Andijon va Samarkand sinov va sertifikatlashtirish markazlari menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralarini Turkiya davlatining TURKAK xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi munosabati bilan xalqaro darajadagi sertifikatlar topshirildi.