Mamnuniyat

Jizzax viloyatining Zomin tumani Baxt mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 95 yoshli Umrzoq ota Anorboyevga 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Prezidentimiz nomidan pul mukofoti, maxsus sertifikat asosida sotib olingan avtomashina kaliti topshirildi. 

19 yoshida urushga ketgan otaxon frontdan qaytgach, uzoq yillar qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qildi. To‘rt o‘g‘il-qizni el koriga kamarbasta insonlar etib tarbiyaladi. Bugun farzandu nabiralari ardog‘ida umrguzaronlik qilayotgan otaxon mamlakatimizda faxriylarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun.