2016 yil 16-mart kuni Andijon viloyati, Asaka tumani hokimligi binosida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori Abdusalom Qurbonovning sayyor qabuli o‘tkazildi.

O‘zbekiston Rnspublikasi Bosh vazirining 2015 yilda davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarida murojaatlar bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha berilgan topshirig‘iga asosan “O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar hamda tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabul rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra dastlabki sayyor qabul Andijon viloyatining Asaka tumanida tashkil etildi.

Ma’lumki ushbu hududda istiqlol yillarida Asaka- Avtomobil zavodi va unga butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan o‘ndan ortiq sanoat korxonalari faoliyatiga asos solindi.

Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, mazkur tumanda kichik biznes va xususiy tadbirkolik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. 

Sayyor qabul avvalida “O‘zstandart” agentligi bosh direktori Abdusalom Kurbonov yig‘ilganlarga Mustaqillik yillarida Yurtimizda tabdbirkorlik va kichiik biznes bilan band bo‘lganlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qulayliklarga to‘xtalib, mazkur jarayonga agentlikning qo‘shayotgan hissasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, keyingi yillarda Respublikamizda standartlashtirish, metrologiya va sertifikailashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mahsulotlar va xizmatlarning sifatini oshirish bilan bog‘liq yangiliklar haqida ham axborot berildi.

Shundan so‘ng shu kungacha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sertifikatlashtirish, metrologiya va mahsulotlarni eksport qilishga oid savollariga atroflicha javoblar berildi. E’tiborli tomoni shundaki, hudlarda tashkil etilayotgan bunday sayyo qabul bahona tadbirkorlar, kichik biznes vakillari hamda endigina tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanib Vatan ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shish istagida bo‘lgan yoshlar o‘zlarini qizqtirayotgan, o‘ylantirayotgan savollariga yozma va og‘zaki javob olmoqdalar.