Eksportbop mahsulotlar ko‘payadi
Farg‘ona shahridagi “Charm to‘p kelajagi” ma’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi “Tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovi, hududiy sanoat yarmarkalarida faol ishtirok etib keladi.
O‘tgan yillar mobaynida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarqatoridan o‘rin olgan korxonada tabiiy xomashyodan yiliga 7 mingdan ortiq futbol, voleybol, basketbol va futzal to‘plari tayyorlanadi. Xalqaro sifat sertifikatiga ega korxona dunyoga mashhur sport kompaniyalari, savdo brendlari bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘ygan.
Jamiyat rahbari Baxtiyor Toshpo‘latovning aytishicha, hozirda pokistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda sport jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma biznes-loyiha tayyorlanmoqda. Bu yangi ish o‘rinlari ochish, eksportbop mahsulotlarniko‘paytirish imkonini beradi.