Tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalar bilan uchrashuv
2017 yil 26 aprelda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman hokimligining majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining Surxondaryo SMB boshlig‘i G‘.X.Karimov va Surxondaryo SSM DK direktori E.X.Mengliyev va mutaxassis xodimlari ishtirokida Sariosiyo tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar:
- Viloyatda Ishlab chiqaruvchi korxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda
O`zDSt ISO 9001:2015 “Sifat menejment tizimini” joriy qilish;
- Xalqaro standartlar, xalqaro akkreditlangan sinov labaratoriyalari
tashkillashtirish to‘g‘risida;
- Standartlashtirish, metrologiya va maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish
qonunlari to‘g‘risida;
Yig‘ilishni Surxondaryo viloyat Sariosiyo tuman hokimi A.Ch.Jo‘raev ochib berdi, tadbir ishtirokchilari va kun tartibi bilan barchani tanishtirib, tumanda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish, korxonalarda ISO 9001 xalqaro standartini joriy etish bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar, bu sohada “O‘zstandart” agentligining hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar va uslubiy yordamlar haqida gapirib, tadbirkorlarga qulay sharoit yaratish, yaqindan yordam ko‘rsatish va og‘irini yengil qilishda bir qator ishlar amalga oshirilayotgani va bu soha bo‘yicha sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib kelinayotganligi haqida gapirib so‘zni ““O‘zstandart” agentligining xududiy SMB boshlig‘i G‘.X.Karimovga berdi.
G‘.X.Karimov o‘z so‘zida “O‘zstandart” agentligi faoliyati, tizimda olib borilayotgan ishlar, sohadagi eng so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Shu bilan birga bu kabi sayyor uchrashuvlar Respublikaning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilayotganligini ta’kidlab, uchrashuv qatnashchilarini faolroq bo‘lishga, o‘zlaridagi mavjud muammolarni ochiq-oydin aytishga chaqirdi. Shuningdek o‘z so‘zida “Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, Eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlashni kuchaytirish, Eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish” yo‘nalishida Hukumatimiz tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O‘zbekiston Respblikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-460-son farmoni va joriy yilning 15 aprelida “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2164-son qarori shu islohatlarning uzviy davomi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4725-sonli Farmoni qabul qilinishi tadbirkorlikni rivojlantirishda tub burilish bo‘lganligi to‘g‘risida va bu borada “O‘zstandart” agentligi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi to‘g‘risida ham gapirib o‘tdilar.
Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi bo‘lim boshlig‘i F.Hamdamov so‘zga chiqib, bugungi kunda dunyoda, shu jumladan Respublikamizda ham ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga katta axamiyat berilmoqda, chunki sifatli maxsulot mustaqil davlatimizning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jaxon bozoriga olib chiqish va raqobatbardoshligini oshirishda katta rol o‘ynashi bilan birga korxonalarimizning iqtisodiy mavqe’ini ham belgilab beradi. Viloyatimizda jami 1548 ta ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat olib borayotgan bo‘lib bugungi kunda ushbu korxonalarda 206 tasida sifatni boshqarish tizimlari joriy qilinib sertifikatlashtirilgan.
Xalqaro standartlarni joriy etishning xuquqiy asoslari:
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
“Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni rahbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731 sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-son qarori.
Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilarinning sohaga oid qiziqtirgan savollariga malakali javob berildi.