2016 yilning 10-mart kuni "O'zstandart" agentligi bosh binosining kichik majlislar zalida "Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" davlat korxonasi qoshidagi Sinov laboratoriyalari kompleksiga Turk akkreditlash agentligi (TurkAK) idorasi tomonidan rasmiylashtirilgan Xalqaro akkreditatsiya sertifikati taqdimoti bo'lib o'tdi. 

Taqdimotda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi rahbariyati va sinov laboratoriyalari majmuasining mutaxassis xodimlari qatnashdilar. Maishiy elektrotexnika mahsulotlarini sinash yo’nalishida Xalqaro akkreditatsiya sertifikatini - Turk akkreditlash agentligi va Yevropa akkreditlash agentligi bosh auditori, ILAC (xalqaro laboratoriyalarni akkreditlash uyushmasi) va ISO (xalqaro standartlashtirish tashkiloti) tashkiloti texnik qo’mita a’zosi, ISO standartlarini ishlab chiqarishda qatnashuvchi ekspert Tekin Altug taqdim etdi. Buning natijasida maishiy elektrotexnika mahsulotlarining sinovlarini xalqaro uslublar bo’yicha amalga oshirish imkoniyati, ya’ni laboratoriyalar tomonidan sinalgan mahsulotlarni xalqaro darajada tan olinishiga erishildi.