O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash xaqida”gi 71-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining 2017 yil 10 apreldagi 05-837-sonli qaroriga asosan alkogolli mahsulotlarga qo‘yilgan talablarga doir me’yoriy xujjatlar ixtiyoriy tusga o‘tkazildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jixatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining 2017 yil 10 apreldagi 05-838-sonli qaroriga asosan alkogolli mahsulotlarining sinov usullariga doir normativ xujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi.