“O‘zstandart” agentligi: Jizzax viloyatida 24 ta mahsulot tekshirilganda barcha sifatsiz ekanligi aniqlandi
“O‘zstandart” agentligi Respublikamizning barcha bozorlari va savdo majmualarida aholiga sotilayotgan sertifikatsiz, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan elektrotexnika mahsulotlarini fosh etmoqda.
Avval xabar qilganimizdek “O‘zstandart” agentligining tashabbusi va sayi harakati bilan bozorlardagi sifatsiz mahsulotlarni fosh etish maqsadida tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda qo‘shma chora-tadbir ishlab chiqilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Endi navbat Jizzax viloyatiga yetib keldi.
Birgina Jizzax shahrining Eski shahar, va Markaziy bozorlaridan jami 24 ta mahsulot tekshirilganda ularni barchasining sifati kafolatlanmagan hamda tegishli sertifikati yo‘qligi aniqlandi.
Hurmatli iste’molchilar, “O‘zstandart” agentligi yana bir bor sizlarni muvofiqlik sertifikatisiz, sifati kafolatlanmagan, iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni xarid qilmasligingizni so‘raydi.
Mahsulotni sotib olayotgan vaqtda albatta muvofiqlik sertifikatini so‘rashni va talab qilishni aslo unitmang.