Parkentda Sayyor qabul
“O‘zstandart” agentligi rahbariyati joriy yilda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlarini yanada ko‘paytirishga, ularni o‘ylantirayotgan muammo va masalalarga o‘z vaqtida javob berishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Asosiy maqsad, aholining barcha qatlamiga Standartlashtirish, metrologya va sertifikatlashtirish va mahsulotlarni eksport qilishda zarur bo‘ladigan me’yoriy hujjatlar yuzasidan batavfsil ma’lumot berishdan iborat.
Navbatdagi Sayyor uchrashuvi Toshkent viloyatining so‘lim go‘shalaridan biri bo‘lgan Parkent tumanida tashkil etildi. Unga tuman aholisi va tadbirkorlari taklif etildi.
Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A. Rasulov, Metrologi xizmatlari ko‘rsatish markazi direktorining o‘rinbosari M.Xayrullayev hamda Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuvda aholi va tadbirkorlar o‘lchov vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish tartiblari, o‘zlari tomonidan yetishtirilayotgan mevalarni xorijiy mamlakatlarning bozorlariga eksport qilishda hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida savollar berib, shu yerning o‘zida javob oldilar.