2016 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «O‘zstandart» agentligi tizimida «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunining ijrosi va Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. 
Mazkur anjumanni «O‘zstandart» agentligi bosh direktori o‘rinbosari Jamshid Mirsaidov ochib, so‘nggi yillarda respublikamizda standartlashtirish, metrologiya va serifikatlashtirish tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samaralari, mahsulotlar, va xizmatlar sifatini xalqaro standartlari darajasiga olib chiqishda agentlikning o‘rni va bu borada istiqboldagi vazifalar haqida Ommaviy axborot vositalari xodimlariga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek yig‘ilishda agentlik tomonidan «O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi», «O‘zbekiston ovozi», «Xalq so‘zi» gazetalari hamda radiokanallar bilan hamkorlikda reja ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, «O‘zstandart» agentligi va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarning faoliyati tizimli yoritib kelinayotganligi ta’kidlandi. Anjuman so‘ngida Ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga agentlikning mas’ul xodimlari javob berdilar.