Joriy yilning 18 fevral kuni “O‘zstandart” agentligi bosh binosining katta majlislar zalida Respublika va Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazlarining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda 130 dan ortiq hodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish qatnashchilariga “Odam-virus yohud to‘qlikka sho‘xlik” hujjatli filmi namoyish etilib, film namoyishi tugaganidan so‘ng O‘zbekiston teleradiokompaniyasining siyosiy sharxlovchisi Q.Karimbekov tomonidan xozirgi kunda yon atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarga bee’tibor bo‘lmasligimiz, har birimiz o‘zimiz ishlayotgan tashkilotlarda, jamoat joylarida, yashab turgan hududimiz va ko‘cha-ko‘yda xushyorlikni oshirishimiz, farzandlarimizni nazoratsiz qoldirmasligimizni, yurtimizning tinchligi hamda osmonimizning musaffoligi, kelajak avlodimizning xotirjamligi uchun barchamiz mas’ul ekanligimiz to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.