Andijonda Sifatsiz mahsulotlar fosh etildi.
Xabar qilganimizdek “O‘zstandart”agentligi tomonidan Respublikamiz bozorlarida va savdo majmualarida sifati kafolatlanmagan, sertifikati bo‘lmagan mahsulotlarni fosh etishda davom etadi.
Aniq faktlar va raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, birgina Andijon viloyati miqyosida o‘rganishlar natijasida, jami tanlab olingan 84 ta mahsulotdan 51 tasi tegishli sertifikatiga ega emasligi hamda sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgani aniqlandi.
Masalan, Andijon shahridagi “Jahon”, “Shinam” “Xolis”, “Eldarado” kabi savdo majmualarida Istitish plitalari, Elektr choynaklari, Elektr pishirish moslamasi, Elektr to‘lqinli plita, va Elektr plitalari kabi mahsulotlar iste’molchilarga sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgani aniqlandi.
Hurmatli iste’molchilar!
Siz mahsulot sotib olayotgan vaqtda sotuvchidan o‘sha mahsulotini tegishli sertifikati va sifati kafolatlangani haqida so‘rashga va uni talab qilishga to‘la haqlisiz.