“TurkAK” xalqaro akkreditatsiya tashkiloti auditorlari Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari malakasiga yuksak baho berdi
Joriy yilning 5 aprel kuni “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining sinov laboratoriyalari majmuasining Elektrotexnika mahsulotlarini sinash yo‘nalishi bo‘yicha “TurkAK” xalqaro akkreditatsiya idorasining Bosh sekretari Doktor Halil Ibrahim Chetin va fizik kattaliklarning o‘lchovi bo‘yicha malakali auditor Kuchukdemir Eyyup ishtirokida baholash auditi o‘tkazildi.
Audit jarayonida sinov laboratoriyasining malakali va yetakchi mutaxassislari tomonidan elektrotexnika mahsulotlarining turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha sinov jarayonlari amaliyotda ko‘rsatib berildi.
Shuning bilan birga, nazariy tushuncha va bilimlar yuzasidan tajriba almashinildi. Audit yakunida “TurkAK” ekspertlari tomonidan laboratoriya faoliyati va mutaxassislarning bilim va tajribalariga yuqori baho berildi.
Shuningdek, “TurkAK” xalqaro akkreditatsiya idorasining malakali auditorlari Baltachi Chemalettin, Yesilktuk Nurchan, Emre Sezarva Fatix Kojabeyler tomonidan Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazining Oziq-ovqat laboratoriyasi, O‘zbek-Turk test markazining Yengil sanoat laboratoriyasi va Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining Qurilish laboratoriyalarida baholash auditlari o‘tkazilib ijobiy fikr va takliflar bildirildi.