“O‘zstandart” agentligi 2017 yilda 10 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni soha rivoji uchun yo‘naltirmoqda
“O‘zstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish va agentlikning laboratoriyalarini modernizatsiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning natijadorligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsak.
Buning uchun avvalo - sifatni nazorat qilish va sertifikatlash bo‘yicha ishlarning ko‘lamini yanada kengaytirish zarur.
Laboratoriya jihozlarini almashtirishga bu yil 10 mlrd. so‘m, o‘tgan yilgidan 2 marta ko‘p mablag‘ ajratildi.
Istiqbol rejasiga ko‘ra yaqin 3 yilda 10 mln. dollarlik jihoz xarid qinib, ma’nan eskirganlari yangilanadi.
Ma’lumot uchun: ma’nan eskirgan 910 ta asbob-uskunalarning o‘rnini bosuvchi umumiy qiymati 13,5 mlrd. so‘mlik 400 ta sinov va o‘lchov qurilmalarining aniq ro‘yhati shakllantirildi.
Dasturga asosan, joriy yilning birinchi choragida 2,9 mlrd. so‘mlik 95 ta sinov uskunalarini xarid qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1,4 mlrd so‘mlik 46 ta uskuna xarid qilindi. Natijada 2017 yil 1-chorak rejasi 47,2 % ga, yillik reja 10%ga bajarildi.
Belgilangan rejaga asosan, joriy yilning 1 sentyabrgacha Qoraqalpog‘istonda zamonaviy laboratoriya binosini qurilib, jihozlanadi unga 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Andijonda aprel oyida 2,1 mlrd so‘mlik mashinasozlik va elektrotexnika laboratoriyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida energiya xavfsizligi bo‘yicha yangi laboratoriyani joriy yil oxirigacha ishga tushirish mo‘ljallangan.
O‘zbekistondagi tekshiruv natijalarini xalqaro tan olish bo‘yicha o‘tgan 2016 yil oktyabr oyida Shveysariyaning SGS xorijiy korxonasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra Toshkent shahridagi oziq-ovqat laboratoriyasida 100dan ortiq mahsulotlarga SGS va “O‘zstandart” logotopi tushirilgan bayonnomalar berildi.
Bu yil laboratoriyaga Yevropa bozori uchun mikrobiologiya ko‘rsatkichlarini aniqlaydigan jihozlarni olib kelib o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.
O‘tgan yili elektrotexnika, oziq-ovqat, yengil sanoat va qurilish mollarini sinash laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Buning natijada 35 ta xalqaro sinov uslublari joriy etildi.
Joriy yilda Namanganda - tekstil, Buxoroda – kimyo mahsulotlari, Surxondaryoda - oziq-ovqat, Samarqandda – mashinasozlik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi, natijada 95 ta xalqaro sinov usuli joriy etiladi. Bu laborator tomonidan berilgan xulosa va sertifikat dunyo miqyosida tan olinadi.