“O‘zstandart” agentligi sizni sertifikati bo‘lmagan mahsulotlarni xarid qilmasligingizni maslahat beradi
“O‘zstandart” agentligi Respublikamizning barcha bozorlari va savdo majmualarida aholiga sotilayotgan sertifikatsiz, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan elektrotexnika mahsulotlarini fosh etdi.
Avval xabar qilganimizdek “O‘zstandart” agentligining tashabbusi va sayi harakati bilan bozorlardagi sifatsiz mahsulotlarni fosh etish maqsadida tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda qo‘shma chora-tadbir ishlab chiqdi.
Mazkur hamkorlik asosida Respublikamizning barcha hududlarda joylashgan yirik bozorlar va savdo shaxobchalarida sotilayotgan mahsulotlar (asosan xo‘jalik elektrotexnika mahsulotlari)ni sertifikat bilan sifati tasdiqlangan holda sotilayotganligi tahlil qilindi.
Jumladan, 367 ta bozor va savdo shahobchalarida sotilayotgan 36 turdagi 7 556 dona elektrotexnika mahsulotlari bo‘yicha o‘rganishlar natijada ming afsuslar bo‘lsinkim 7 556 ta mahsulotdan 4 300 tasi ya’ni (56,9 foizi) muvofiqlik sertifikatisiz sotilayotgani aniqlandi.
Hurmatli iste’molchilar, “O‘zstandart” agentligi yana bir bor sizlarni muvofiqlik sertifikatisiz, sifati kafolatlanmagan, iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni xarid qilmasligingizni so‘raydi.
Mahsulotni sotib olayotgan vaqtda albatta muvofiqlik sertifikatini so‘rashni va talab qilishni aslo unitmang.