Hamkorlik istiqbollari


Joriy yilning 3 aprel kuni “O‘zstandart” agentligida Turkiya Davlatidan tashrif buyurgan, “TurkAK” xalqaro akkreditatsiya idorasining Bosh sekretari Doktor Halil Ibrahim Chetin bilan agentlik Bosh direktori A. Xaitovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur uchrashuvni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Xaitov kirish so‘zi bilan ochib, “TurkAK” xalqaro tashkiloti bilan uzoq yillik hamkorlikning bugungi va kelgusidagi vazifalariga alohida to‘xtalib, mehmonlarga tashriflari va do‘stona hamkorlik uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.


Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi va “TurkAK” tashkiloti o‘rtasida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarning faoliyatini inspeksion nazoratdan o‘tkazish va akkreditatsiya doirasini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha baholash auditini o‘tkazish ishlari muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.